Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqqa joriy
to‘lovlarni
hisoblashda
ma’lumotnoma shaklini taqdim etish bo‘yicha qo‘llanma
O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan
birlamchi foydalanishni
yoki suvni
iste’mol qilishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining
yuridik shaxslari;
faoliyatini
O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari
orqali
amalga
oshirayotgan
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan
yuridik shaxslar;
suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi
tadbirkorlar;
dehqon
xo‘jaliklari suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliqni
to‘lovchilar hisoblanadi.
Soliq davri mobaynida soliq
to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni
to‘laydi
(qishloq
xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy
muassasalar orqali amalga oshirayotgan
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari
bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno)
.
Ma’lumotnoma shaklini to‘ldirish va yuborish
my.soliq.uz
sayti orqali
elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Bunda, shaxsiy kabinetga kirgandan
so‘ng
yuridik shaxslarning
hisobotlarini yuborish
bo‘limiga o‘tiladi.
Elektron shakllardan Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
hisoboti shakli tanlanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq uchun joriy
to‘lovlarni
hisoblash
bo‘yicha ma’lumotnoma shakli 2 turga bo‘lingan:
1. Soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz
baravaridan
ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan
(aylanmadan
olinadigan
soliqni
to‘lovchilari
bo‘lmagan)