Zbekiston respublikasiaxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini



Yüklə 313,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix27.12.2023
ölçüsü313,02 Kb.
#200240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Elektronika mustaqil ish-1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
SAMARQAND FILIALI 
Fan : 
Elektronika va sxemalar
 
Mustaqil ish-1 
Guruh : KIS 22-06
Talaba : SIROJEVA R. 
 
 
 
 
 
 
 
Rahbar : NURMURODOV J. 
 
 
Samarqand-2023 


Mavzu: 
Mantiqiy funksiyalar va elementlar
 
Reja: 
1.
Raqamli texnikaning mantiqiy asoslari
2.
Mantiqiy funksiyalaarning berilish usullari 
3.
Murakkab mantiqiy sxemalar 
4.
Xulosa 
Raqamli texnikaning mantiqiy asoslari
Axborotni murakkab qayta ishlashni amalga oshirayotgan ixtiyoriy diskret qurilma 
qandaydir elementar tarkibiy qismlar –elementlardan tuziladi . 
Bunda elementlar aniqlangan qoydalarga asosan birlashadi. Elementlarning 
tabiatini va ularning birlashishini qurilmaning umumiy ishlash tamoyili aniqlaydi. 
Elementlar va ularning birikmalarini aks ettiruvchi, qurilmaning ideallashtirilgan 
rusumini sxema deb ataymiz.
Murakkab raqamli qurilmaning alohida tugunlari (bloklari) orasida uzatiluvchi 
axborot kodli so‘zlar ko‘rinishida ifodalanadi. Shunday qilib, har bir tugunning 
kirish qismiga kodli so‘zlar kelib tushadi, har bir tugunning chiqish qismida, kirish 
so‘zlarining qayta ishlangan natijasi sifatida yangi kodli soz hosil bo‘ladi. Chiqish 
so‘zi tugunning kirish qismiga qanday so‘zlar kelib tushganiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bunday funksiyalarning aloxida hususiyati, funksiya va uning argumentlari, 
faqat 
man 0
и 
man1
qiymatlarni qabul qilishini e’tiborga olib, bunday 
funksiyalarni 
mantiqiy algebra
funksiyalari 
(MAF) deb ataymiz. 
Mantiqiy algebra funklsiyalarini vujudga keltirishga mo‘ljallangan qurilmalar 
mantiqiy qurilmalar yoki raqamli qurilmalar deb ataladi.
Raqamli qurilmalarni (yoki ularning tugunlarini) turli alomatlariga ko‘ra turlarga 
ajratish mumkin. 
Kodli so‘zlarni kiritish va chiqarish usuliga asosan, ketma-ket, parallel va aralash 
ishlaydigan mantiqiy qurilmalarga ajratiladi.
Ketma-ket ishlash tamoyiliga asoslangan qurilmaning kirish qismiga kodli 
so‘zlarning simvollari bir vaqtda emas, vaqt bo‘yicha ketma-ket simvol ortidan 
simvol uzatiladi (ya’ni ketma-ket shaklda). Huddi shunday ketma-ket shaklda 


chiqish so‘zi uzatiladi. 5-rasmda shunday qurilmaga misol keltirilgan. Rasmdagi 
qurilma log.1 ni chiqarish bilan kirish qismidagi simvollarning mos tushmaganlini, 
log.0 ni chiqarib simvollarning ustma-ust tushganligini bildirishini idrok etish 
qiyin emas (haqiqatdan ham, Kir
1
= 1 va Kir
2
= 0 yoki Kir
1
= 0 va Kir
2
= 1 bo‘lib 
simvollar ustma-ust tushmaganda qurilmaning chiqishida Chiqish=1, kirish 
simvollari Kir
1
=1 и Kir
2
=1 yoki Kir
1
=0 и Kir
2
=0 bo‘lib, ustma-ust tushganda esa 
chiqishga Chiqish = 0). 
Parallel ishlash qurilmasining kirish qismiga har bir kodli so‘zning n ta simvoli bir 
vaqtda kelib tushadi (parallel shaklda).Aynan shunday shaklda chiqish qismida, 
chiqish so‘zi tuziladi. Ravshanki, kodli so‘zlarni qabul qilish va uzatishning 
parallel shaklida kirish (chiqish) so‘zining har bir razryadi uchun qurilmada 
alohida kirish yo‘li bo‘lishi kerak. Bunday qurilmaga misol sifatida 6-rasm 
ko‘rsatilgan. Qurilma kirish so‘zlarining razryadlari ustidan rasmda ko‘rsatilgan 
qurilma singari, lekin parallel shaklda aynan shu mantiqiy operatsiyani bajaradi. 
Qurilmaning kirish qismi, har biri parallel shakldagi, uch razryadli kirish kodli 
so‘zlarni qabul qilish uchun ikki guruhga (I va II) ajratilgan. Qurilmaning chiqish 
qismida parallel shaklda uch razryadli chiqish so‘zi hosil bo‘ladi.
Kirish 1
1
t
Kirish 2
n
t
Kirish 3
1
t
Kirish 1
0
t
Kirish 2
1
t
Kirish 3
1
t
Chiqish 1
1
t
Chiqish 2
1
t
Chiqish 3
0
t


Aralash tamoyilga asosan qurilmalarda kiritish va chiqarish kodli so‘zlari turli 
shakllarda ifodalanadi. Masalan, kiritish so‘zlari – ketma-ket shaklda, chiqarish 
so‘zlari – parallel shaklda uzatiladi. Aralash ishlash qurilmalari kodli so‘zlarni bir 
shakldan boshqasiga ifodalash uchun foydalaniladi (ketma-ket shakldan parallelga 
va aksincha) 
Mantiqiy qurilmalar bajaradigan funksiyasiga qarab ikki sinfga ajratiladi: 
kombinatsiyali qurilmalar (va mos ravishda kombinatsiyali sxemalar) va ketma-
ketlilik qurilmalari (ketma-ketlilik sxemalari).
Kombinatsiyali qurilmalarda (xotirasiz avtomat deb ham ataluvchi) chiqishdagi har 
bir simvol (man.0 yoki man.1), shu vaqt momentida qurilmaning kirish qismidagi 
simvollari orqali aniqlanadi va bu kirish qismlarida oldin simvollar uzatilganligi 
bilan bog‘liq emas. Bu ma’noda aralash qurilmalar xotiraga ega emas (ular 
qurilmaning oldingi ishi haqidagi ma’lumotni saqlamaydi). 
Ketma-ketlilik qurilmalarida (xotirali avtomatlarda) chiqish signali faqat shu 
momentda kirish qismida uzatilayotgan simvollar to‘plami bilan emas, 
qurilmaning ichki holati bilan ham aniqlanadi. Bu degani, qurilmaning butun 
ishlash jarayonidagi barcha oldingi vaqt momentlarida qanday simvollar 
uzatilganligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun, ketma-ketlilik qurilmalari xotiraga 
ega desa bo‘ladi. Kombinatsiyali va ketma-ketlilik qurilmalariga misol ko‘ramiz.
Faraz qilaylik, 7-rasm kirishdagi signallarning ustma-ust tushishini aniqlovchi 
chiqishdagi signalni tuzishga mo’ljallangan: ikkita kirishda ham yoki man.1, yoki 
man.0 uzatilsa chiqishda log.1 uzatiladi; agar kirishning bittasida man.1, 
boshqasida man.0 uzatilayotgan bo‘lsa qurilmaning chiqishida man.0 hosil bo‘ladi 
7-rasm
Bunday tuzilma kombinatsiyali hisoblanadi va bunda chiqishda tuzilayotgan 
mantiqiy funksiyaning qiymati, shu vaqt momentidagi uning argumentlarining 
qiymati bilan aniqlanadi.
Boshqa misolni ko‘rib chiqamiz. 8-rasmdagi hisoblagich impulslarni sanaydi. 
Vaqtning har bir momentida uning holati, bitirishga kelib tushgan impulslarning 
soniga teng. Shiqish axboroti berilgan vaqt intervaligacha hisoblagichning holati 


qanday bo‘lganligiga va berilgan vaqt intervalida kirishga impuls tushishiga 
bog‘liq. Shunday qilib, berilgan qurilma ketma-ketlilik qurilmasini tashkil qilar 
ekan. 

Yüklə 313,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin