56
Respublikamizda suv resurslari cheklangan bo‗lishiga qaramasdan, uni tejashga kam
e‘tibor berilayapti, natijada suvning ko‗p qismi bekorga sarf bo‗lmoqda.
Deyarli barcha
iste‘molchilar doimiy ravishda me‘yordan ko‗p suv olishga harakat qiladilar. Bu esa ekin
maydonlarida yer osti suvlari sathining ko‗tarilishiga, yerlarning qayta sho‗rlanishiga olib
kelmoqda. O‗z navbatida sho‗rni yuvish uchun yana katta miqdorda suv sarflanib,
natijada
sug‗oriladigan yerlarda hosil bo‗ladigan qaytarma suvlar miqdori ham ortmoqda. Shundan
ko‗rinib turibdiki, sug‗orishda suvni tejashning katta imkoniyatlari mavjud. Bunga, avvalo, ka-
nallar o‗zanini betonlash, nov (lotok)lardan foydalanish yo‗li bilan sug‗orish
tarmoqlarining
foydali ish koeffitsientini 0,70,8 ga yetkazib, hamda yuqorida aytilganidek, sug‗orishning ilg‗or
usullarini qo‗llash bilangina erishish mumkin.
Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy rezervlaridan yana biri sug‗orishda
qaytarma suvlardan unumli foydalanishdir. Resrublikada bu suvlar
asosan ekin maydonlaridan,
sanoat korxonalaridan va maishiykommunal tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan
bo‗ladi. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko‗ra 19711975 yillarda Farg‗ona vodiysida irrigatsiya
maqsadlarida yiliga o‗rtacha 19 km
3
suv sarflangan bo‗lsa, hosil bo‗lgan qaytarma suvlar 9 km
3
ni tashkil etgan. Xuddi shu davr uchun Mirzacho‗lda yiliga 6,3 km
3
suv olinib,
qaytarma suvlar
2,2 km
3
ga teng bo‗lgan. Amudaryo havzasida esa turli sug‗orish massivlarida 19611980 yillar
mobaynida qaytarma suvlar umumiy olingan suvning 19,2 foizidan 62,6 foizigacha o‗zgarib
turdi. 70yillarning oxiriga kelib qaytarma suvlarning potensial qiymati Amudaryo havzasida
yiliga 24,1 km
3
ni (sug‗orishga olingan suvning 49,3 foizi), Sirdaryo havzasida esa 15,8 km
3
ni
tashkil etdi.
Afsuski, qaytarma suvlarning juda katta qismi
tabiiy botiqlarga oqiziladi, natijada ular
Sirdaryo va Amudaryoga kelib qo‗shilmaydi.
33jadval ma‘lumotlaridan qaytarma suvlarning miqdori keyingi yillarda keskin
ortganligi yaqqol ko‗rinib turibdi. Umuman, 19561980 yillar
mobaynida tabiiy botiqlarga
oqizilgan qaytarma suvlar hajmi 77,1 km
3
ni tashkil etgan.
Yuqoridagi misollar
Dostları ilə paylaş: