Suv resurslarini integral boshqarish va havzaviy rejalashtirish asoslari


Suv resurslarini boshqarishning muhim masalalari



Yüklə 39,76 Kb.
səhifə5/7
tarix18.05.2022
ölçüsü39,76 Kb.
#58493
1   2   3   4   5   6   7
SUV RESURSLARINI INTEGRAL BOSHQARISH VA HAVZAVIY REJALASHTIRISH ASOSLARI

1.4. Suv resurslarini boshqarishning muhim masalalari

1.4.1. Suv xo’jaligi boshqaruvining nomuvofiqligi


Suv resurslari boshqaruvida idoraviy yondashuv shu paytgacha mavjud bo’l-gan va hozir ham davom etmoqda. Bu mavjud resurslarning uzlukli (fragmentar), nomuvofiq rivojlanishiga va boshqaruviga olib keladi. Bundan tashqari, suv resurs-larining boshqaruvi “yuqoridan pastga” tamoyilida amalga oshirilib, bu esa qonu-niylik va samaradorlik ehtimolini pasaytiradi. Shunday qilib, samarasiz boshqa-ruv tugab borayotgan manba uchun o’sib boruvchi raqobatni chuqurlashtiradi. SRIB iqtisodiyotning alohida sohalarini muvofiqlashtirish va ular o’rtasidagi ham-korlikni, shuningdek, benefitsiarlar ishtiroki, oshkoralikni va mahalliy boshqaruv samaradorligini ta’minlaydi.
Nizolar va ularni hal qilish
SRIBni muvaffaqiyatli ta’minlash uchun konsensusga erishish va nizolarni boshqarish metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Nizolar ko’plab sabablarga ko’ra paydo bo’lishi mumkin. Nizolar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlar sira-siga odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabat va mas’uliyat; yuridiksiyalarning noa-niqligi; vazifalarning qisman mos kelishi; taqchil resurslardan foydalanishga raqo-bat; tashkiliy tuzilmadagi vazifa va vakolatlar orasidagi farqlar; maqsadlar va usul-ning nomutanosibligi; harakatlar uslubidagi farq; ma’lumotlardagi fikrlar; muloqot vaqtidagi noto’g’ri axborot; bajarilmagan talablar; qoniqtirilmagan ehtiyojlar yoki manfaatlar; hokimiyat vakolatidagi tengsizlik; noto’g’ri idrok va boshqalarni kiritish mumkin.
Nizolar har doim ham adolatli, faol hal etilmaydi: aholining kambag’al va “tilsiz” qatlamlari baxslarda baxslarda, aksariyat hollarda, yutqazishadi.
SRIB nizolar yuzaga kelishi muqarrardir, ammo ularda harakatlar batamom mahv etilib, jarga uloqtirish bilan yakunlanishi shart emas. Nizolar ijobiy hal bo’li-shi mumkin. Misol uchun, nizolar quyidagi vaziyatlarda yordam bera oladi:

  • hal etilishi lozim bo’lgan haqiqiy muammolarni aniqlash;

  • zarur o’zgartirishlar kiritish;

  • munosabatlarning asosini tahdid qilmasdan tuzatish;

  • yangi aloqalar o’rnatilishiga zamin yaratish;

  • muammolarga nisbatan fikrlar o’zgartirilishi, maqsadlar aniqlanishi;

  • eng muhimlarini aniqlash;

Nizolar boshqaruvi – nizolarni bashorat qilish, oldini olish va javob berish uchun ko’plab vositalardan foydalanishni o’z ichiga oladi. Usul tanlovi ixtilofning asosiy sababi, shuningdek, nizo turi va o’rni bilan bog’liq. Nizoni boshqarish vosi-talarini uch toifaga ajratish mumkin: nizolarni boshqarish faoliyati, qarorlarni qo’l-lab-quvvatlash vositalari va modellashtirish hamda konsensusga erishish uchun vo-sitalar. Nizoni boshqarish strategiyasi ushbu toifadagi barcha vositalarning kombi-nasiyasini o’z ichiga oladi. Suv bilan bog’liq bo’lgan ko’p holatlarda qo’llaniladi-gan vositalar tomonlarning imtiyoz va da’volaridan hamda qarshi da’volaridan ort-da qolishlarini rag’batlantiradi. Ular tomonlarga har bir pozitsiyadagi maxfiy man-faatlarni aniqlashga va birgalikda bunday manfaatlarni qondirish asosida “ har ikki tomon uchun ham g’oliblik” darajasiga chiqishga yordam beradilar. Shuni ta’kid-lash kerakki, qisqa vaqt ichida, har qanday vaziyatda ham “har ikki tomon uchun g’oliblik” darajasiga erishish mumkin emas. Ko’pincha o’zaro kelishuv va navbati bilan tan olish zarur. Nizolarni boshqarish ko’pincha ijtimoiy o’zgarish va ijtimoiy hodisalarni bilish bilan bog’liq.
Ushbu vositalar SRIBning deyarli barcha jihatlarida qo’llaniladi. SRIB rejalashtirish va ishlab chiqish jarayonining dastlabki bosqichlarida ulardan foydalanish ayniqsa foydali.
Nizolarni bartaraf etishda qo’llaniladigan yakuniy mehanizm bu huquqiy tar-tib-intizom me’yorlari ekanini ta’kidlash lozim. Ushbu bo’limning asosiy maqsadi ziddiyatlarni boshqarishning ixtiyoriy mexanizmlariga qaratilgan bo’lsa-da, ko’p holatlarda ushbu usullardan foydalanadigan tomonlar nizolarni bunday hal etishda ishtirok etmasliklari, oxir-oqibat sudga murojaat etishlari mumkin.
Munozaralarni boshqarishda to’rtta vosita qo’llaniladi; yordam berishga intilish, vositachilik qilish, dalillarni aniqlash va hakamlik qilish.



Yüklə 39,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin