Suv resusrslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilari va obyekti
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar O‘zbekiston
Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni
amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat:
-O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
-faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga
oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar
-suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar,
shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan,
yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy
shaxslar;
-dehqon ho‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy
shaxslar.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga
oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun
soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir.
Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi:
1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish
doirasida foydalaniladigan suv resurslari;
2) sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida
foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya
qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
3) atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib
olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun
foydalanilgan suv hajmi mustasno;
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish
paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga
qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun
foydalanilgan suv hajmi mustasno;
5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun
foydalaniladigan suv resurslari;
6) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta
quyiladigan suv resurslari;
7) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun
foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ
tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari.
8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari.
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi
suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv
o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv
obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni iste’mol qilishning texnologik va
sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan
yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv
resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer
osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilganda,
soliq bazasi manbaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib
berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv
resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining
nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-
yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu
ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
Issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq bazasi soliq to‘lovchi
tomonidan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv
resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv
yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga
beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib
berishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik
shaxslar soliq bazasini mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan
solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv
hajmining farqini solishtirish amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks
ettiradi.
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa
ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida
foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa
ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik
shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar soliq to‘laydi. Qurilish
ishlari
yangi
qurilish
maydonchasida
bajarilgan
taqdirda,
qurilishda
foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq to‘laydi.
Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ soliq
bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xo‘jaligida, shu
jumladan baliqchilik xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga
ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini har yili joriy
soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay, dehqon ho‘jaliklari, tadbirkorlik
faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun
mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar
bo‘yicha esa — suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq
organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay taqdim
etadi.
Dehqon ho‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga
hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash
uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar
uchun soliq bazasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ
taqdim etgan ma’lumotlarga asosan soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari soliq
bazasini tabiiy va sun’iy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga
qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib
quyiladiganlar mustasno, o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.
Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini
hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining
haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan
foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan
tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga ko‘ra aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish
uchun ishlatadigan soliq to‘lovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus
uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib
quyiladigan suv hajmi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Norma suvning
haqiqiy hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud bo‘lganda
qo‘llaniladi. Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini
amalga oshirgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv
resurslari hajmining hisobini alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob
yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi qaysi faoliyat bo‘yicha soliq
to‘lash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha faoliyatdan
olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa
maqsadlar uchun foydalanilgan suvning hajmi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar
uchun soliq bazasi hisoblanadi. Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab
chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda iste’mol idishidagi tayyor
mahsulotga to‘g‘ri keladigan suvning hajmi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |