"Экономика и социум" №9(100) 2022 www.iupr.ru Kirish. Daryoning ko’ndalang qirqimi yuzasidan vaqt birligi ichida oqib
o’tadigan suv miqdoriga suv sarfi deyiladi
1
.
Asosiy qism. Suv sarfi l/s, m
3
/s da o’lchanadi. O’lchangan suv sarfi
bo’yicha o’rtacha kunlik, o’rtacha oylik, o’rtacha yillik, maksimal va minimal suv
sarflari va ma’lum oralig’i uchun oqim hajmi hisoblanadi. Suv sarflarini hisoblash
bo’yicha mavjud usullar ikki asosiy guruhlarga bo’linadi.
1. Suv sarfini bevosita o’lchash.
2. Suv sarfini bilvosita o’lchash.
Suv sarfini bevosita o’lchashga hajm usuli kiradi.Bu usul suv sarfi 5-10 1/s
dan oshmaganda ko’proq qo’llaniladi. Bu usuldan buloq suvlarini o’lchashda nam
va suv o’tkazgichlarni tarirovka qilishda foydalaniladi. Bu usulda suv sarfi-Q
o’lchash idishidagi suv hajmi –W va uni o’lchash uchun ketgan vaqtiga-t nisbati
bilan aniqlanadi:
Q=W/t.
Suv sarfini bilvosita o’lchashga bir necha usullar kiradi. Ularning hammasi
suv sarfini bevosita o’lchash emas, balki oqimning ayrim elementlarini o’lchab
so’ngra suv sarfini hisoblashga asoslangan. Ularga quyidagi usullar kiradi:
1.
Suv sarfini o’lchangan tezliklar va oqimning ko’ndalang kesim maydoni
bo’yicha aniqlash.Bu usul daryo gidrometriyasida keng tarqalgan. Oqimning
ko’ndalang kesim maydoni chuqurlik o’lchash natijalari asosida aniqlanadi. Jonli
suv kesimining ayrim nuqtalaridagi suvning oqish tezligi esa ko’proq gidromertik
vertushka yordamida, ayrim hollarda boshqa asboblar yoki po’kaklar yordamida
o’lchanadi. Bu usulga suv sarfini jonli kesim maydoni va oqimining o’rtacha
oqish tezligi Shezi formulasi bo’yicha hisoblashga asoslangan uslub ham kiradi.
2.
Suv sarfini o’lchov qurilmalari yordamida aniqlash asosan kichik daryo va
soylarda, nam va suv o’tkazgichlarda, kanallarda o’lchash uchun mo’njallangan.
1
D. V.Nazaraliyev, SH.B.Akmalov “QURUQLIK GIDROLOGIYASI” o`quv qo`llanma TOSHKENT 2019