Suvning qattiqligi va uning yo‘qotish usullari.
Suv, suvning xossalari, suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari Reja:
1. Suv erituvchi sifatida
2. Suvning fiziko-kimyoviy xossalari.
3. Suvning qattiqligi va uning sabablari.
4. Suvning qattiqligi yuqotish usullari.
5. Suvni istemol uchun tayyorlash.
Kislorodning vodorod bilan hosil qilgan asosiy birikmasi suv (H2O) - dir. Suv tarkibida massasi jihatdan 88,81% kislorod bor. Suvning +40C - dagi zichligi 1 g/sm3 ga teng. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 1 kkal/g yoki 4.18 kJ/g ga teng. Demak, 1 g suvni 1°C - ga isitish uchun Boshqa moddalarga qaraganda ko’proq issiqlik sarf qilinadi. Bu suvning issiqlik sig’im anomaliyasi deyiladi. Suv tirik organizmlar va o’simliklar uchun eng kerakli modda hisoblanadi. Chunki suv yaxshi erituvchidir. Тirik organizimlar va o’simliklar fizikaviy moddalarni suv orqali tabiatdan qabul qiladilar. Suvning molekulalari o’zaro vodorod bog’lari orqali bog’langan. Shu sababli xona temperaturasida suyuq bo’ladi.
Suvning kimiyoiy хossalari Suv molekulasi kuchli qutblangan bo’lgani uchun odatdagi temperaturada metall va metallmaslar (ftor va xlor) bilan reaksiyaga kirishadi:
2H2O + 2F2 → 4HF + O2 H2O + C12 → HCl + HClO
Suv ishqoriy va ishqoriy-yer metallar bilan birikib ishqor hosil qiladi:
2H2O + 2Na = 2NaOH + H2 Yuqori temperaturada suv bug’i boshqa metallar bilan birikib oksid hosil qiladi:
Suv ko’pgina murakkab moddalar bilan reaksiyaga kirishadi.