Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti Тема №4
Havo oqimlari bulutlarni yer yuzi bo‘ylab harakatlantiradi va bulut parchalari birlashib o‘sadi va yomg‘ir sifatida osmondan qaytib tushadi. Ba’zi yog‘inlar qor sifatida yerga tushadi hamda muz parchalari va muzliklar sifatida to‘planishi mumkin. Qor issiq o‘lkalarda bahor kelishi bilan erishni boshlaydi. Yog‘inlarning asosiy qismi okeanlarga tushgani holda, ma’lum qismi yerning ustiga tushadi, bu yerda gravitatsiya yordamida suv yer yuzasi bo‘ylab oqadi.
Ba’zi yer yuzasi bo‘ylab oquvchi suv daryolarga kelib qo‘shiladi va okean tomon oqib boradi, ba’zilari chuchuk suv sifatida ko‘l va daryolarda to‘planadi. Barcha suv yer yuzasi bo‘ylab oqmaydi. Suvning ko‘pgina qismi tuproqqa so‘riladi (infiltratsiya). Ba’zi suvlar tuproqning chuqur qatlamiga infiltratsiyalanadi va yerosti suv qatlamini to‘ldiradi, u yerda toza, katta hajmdagi yerosti suvlari uzoq vaqt davomida saqlanadi.
Ba’zi yerosti suvlari yer yuziga yaqin joylashgan bo‘lib va yerusti suvlariga oqib chiqishi mumkin, insonlar yer yuzasiga yaqin bo‘lgan suv havzalarini qidirib topib, yangi chuchuk suv quduqlarini yaratadi. Vaqt o‘tishi bilan suv harakatlanishni davom ettirar ekan, suv okeanga qaytib suvning tabiatdagi aylanishini “yakunlaydi” va qaytadan boshlanadi.
Yer yuzidagi chuchuk suvning 24 mln. km3 qutb muzliklari tarkibida va baland tog‘liklardagi muzliklarda tarqalgan. Muzliklar quruqlikning 10 %ini tashkil qiladi. Muzlarning umumiy massasi juda katta. Agar ular quruqlik yuzasi bo‘ylab tarqatilsa, qalinligi 100 metrdan ortiq muz qatlami hosil bo‘ladi. Agar ularni eritib yuborishning iloji bo‘lganda, undan hosil bo‘lgan suv dunyo okeanlari suviga qo‘shilib, uning sathi bir necha 10 metrga ko‘tarilib, aholi yashaydigan hududlarning ko‘p qismini suv bosar edi.
Chuchuk suv zahiralarining ko‘p qismi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida, O‘rta Osiyo mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekiston hududida ham baland tog‘liklardagi muzliklardan hosil bo‘ladi. Daryo suv resurslari ham har bir respublikaning tabiiy geografik sharoitlariga bog‘liq holda turlicha tarqalgan.