Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar. Qattiq suvni samarali taqsimlash



Yüklə 4,19 Mb.
səhifə8/10
tarix22.09.2023
ölçüsü4,19 Mb.
#147285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti Тема №4

O‘rmon fondi yerlari. O‘rmon fondi yerlariga o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek, o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham, o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar kiradi. 2016-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, o‘rmon fondi yerlarining umumiy yer maydoni 9635,9 ming gektarni yoki jami yer maydonining 21,69 foizini tashkil qiladi.
Suv fondi yerlari. O‘zbekistonda suv havzalari, transchegaraviy daryolar, ko‘llar, suv omborlari, gidrotexnik va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek, suv havzalari va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari toifasiga kiradi.
Zahira yerlar. Zahira yerlarga egalik qilish, foydalanish hamda ijara maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan hamda boshqa yer toifalarida hisobga olinmagan barcha yerlar kiradi. Ushbu yerlar, asosan, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga mo‘ljallanadi. 2016-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, zahira yerlarining umumiy yer maydoni 12262,7 ming gektar yoki umumiy yer maydonining 27,6 foizini tashkil etadi.
8.2. Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash
Insonning tuproqqa faol ta’sir ko‘rsatishi natijasida uning xossa-xususiyatlari o‘zgarishi, unumdorligining oshishi yoki pasayishi, sho‘rlanishi, eroziyalanishi, degumifikatsiyasi kabi jarayonlarning yuzaga kelishi yer resurlarini muhofaza qilishda avvalgidan ham e’tiborli bo‘lishlikni taqozo etadi.
O‘tgan mustabid tuzum davrida mamlakatimiz yer boyliklaridan intensiv usulda, juda katta xarajat va isrofgarchiliklar yo‘li bilan foydalanilganligi, yer maydonlarining sho‘rlanishi va eroziyaga uchrashi holatlari ekologik muvozanat buzilishiga olib kelgan. Natijada tuproq unumdor qatlamining yemirilishiga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda, bir qancha ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy muammolarni keltirib chiqargan.
Tarixiy davr mobaynida insoniyat taxminan 2 mlrd. ga yaqin hosildor yerlarning yo‘qotilishini, tuproqlar unumsiz yerlarga va antropogen sahrolarga aylanishini tuproqlar degradatsiyasi jarayonining global va turli-tuman xususiyatidan darak beradigan ma’lumotlarga qo‘shish mumkin.
Yer resurslarining meliorativ holatini baholashda, albatta, uning unumdorligi, sho‘rlanish darajasi, ball bonitetining baholanishi, grunt suvlarining joylashuvi va boshqa omillar hisobga olinadi. Litosferaning tarkibiy qatlami bo‘lgan unumdor tuproq inson hayoti uchun yaratilgan tabiiy resurs, toza havo, toza suvdan ahamiyati jihatidan kam bo‘lmagan buyuk ne’mat hisoblanadi.
Yer fondi tarkibining yer turlari bo‘yicha taqsimlanishi va yer fondi tarkibidagi asosiy yer turlari quyidagilardan iborat:
  •  qishloq xo‘jaligi yerlari (ekin yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar (bog‘zorlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari va mevazorlar), bo‘z yerlar, pichanzor va yaylovlar);
  •  tomorqa yerlar;
  •  o‘rmonzorlar;
  •  bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari;
  •  meliorativ holatini yaxshilash bosqichidagi yerlar;
  •  boshqa yerlar.

  • Qishloq xo‘jaligi yerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida uzluksiz foydalaniladigan yer turlaridir.
    Ekin yerlariga qishloq xo‘jaligi ekin turlari (shu jumladan, ko‘p yillik o‘tlar) ekiladigan yerlar kiradi. Ekin yerlar ikki turga bo‘linadi:
  • - Sug‘oriladigan;
  • - Lalmi yerlar.


Yüklə 4,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin