Hidlov organlari – baqalarning tashqi va ichki burun teshiklari xonalari bo’ladi. Tashqi burun teshiklarida maxsus burun klapanlari bo’ladi, bu klapanlar nafas olishda katta rol o’ynaydi.
Hazm qilish organlari – baliqlar singari suvda ham quruqda ham yashovchilarda ham umumiy oiz, halqum bo’shlii, ichak yo’lining keng toraygan qismidangina iborat bo’lgan oshqozonga ochiluvchi katta qizil o’ngach bor. Oshqozon o’z navbatida chin ichakka aniq chegarasiz qo’shilib ketadi. Chin ichakka oldingi ichak o’rta ichakdan bilinar-bilinmas darajada chegaralashib turadi. Lekin (orqa) to’ri ichak juda yaxshi ochilib yopilib turadi, u keng bo’lib kloakaga ochiladi. Oiz bo’shliida so’lak bezlari bor. Ovqat hazm qilishda ko’z soqqalari ham qatnashadi.
Tishlari oddiy suyakka birikkan konussimon shaklda bo’ladi va ovqatni ushlab turishda asosiy rol o’ynaydi. Tishlari eyilangan sari tushib o’rniga boshqasi chiqib turadi.
Tili oiz bo’shliining tubida bo’lib, maxsus muskullardan iborat, tashqariga cho’zilib chiqa oladi. Ovqatni tortishi uchun xizmat qiladi. Tilni ustida doimo yopishqoq suyuqlik bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |