I. Fanning mazmuni Fanni o'qitishdan maqsad– magistrantlarda maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fani bo’yicha chuqur bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – magistrantlarga tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasining umumiy masalalari, milliy va jahon tarbiyaviy kontseptsiyalarining qiyoslash, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonida zarur kompetentsiyalar, uzluksiz ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni texnologiyalashtirish, ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni boshqarishning me'yoriy-huquqiy asoslari, tarbiya jarayonida ijtimoiy institutlarning hamkorligini takomillashtirish, tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish yuzasidan ma'lumotlar berishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma'ruza mashg'ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu. «Maxsus fanlarni o'qitish metodikası» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Metodika tushunchasi. «Maxsus fanlarni o'qitish metodikası» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. «Maxsus fanlarni o'qitish metodikası» fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
2-mavzu. Maxsus fanlar va ularning o'ziga xosligi, xalq ta’limi tizimi tamoyillari Maxsus fanlar tizimi va ularning o’zaro bog’liqligi. Pedagogika sohalarining o’ziga xos xususiyatlari.
3-Mavzu: Zamonaviy didaktik koncepciyalar, o'qitish tamoyillari Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy konceptsiyalari tasnifi. Shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasini ishlab chiqishga zamonaviy yondashuvlar.
4-Mavzu: Maxsus fanlarni o'qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Maxsus fanlarni o'qitish jarayoni mazmuni va vazifalari. Ta’lim jarayonining tuzilishi. O'qitish va oqish jarayoni haqida tushuncha. Ta’lim jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi.
5-Mavzu: Maxsus fanlarni o'qitish mazmuni, o'qitishni tashkil etish va olib borish Ta’lim nazariyasi (kontseptsiya) mazmuni. Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi g’oyalar. Maxsus fanlarni tanlab olish me’yorlari. Pedagogik fanlar mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Davlat ta’lim standarti.
6-Mavzu: Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi sohasida olib borilayotgan islohatlar. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish tamoyillari. Innovatsion menejment xususiyatlari. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish boshqarish funktsiyalari va bosqichlari. Tarbiyaviy jarayonni samarali boshqarishda mazmuni.