Suvda va Quruqda yashovshilarning tuzilishini baka misolida kurib chiqamiz


Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi – AMPHIBIA



Yüklə 315,66 Kb.
səhifə3/12
tarix17.06.2023
ölçüsü315,66 Kb.
#131648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Azizbek ZOODAN KURS ISHI

1.2 Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi – AMPHIBIA
Suvda ham quruqda yashovchilar quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar ichida eng soddasi bo’lib, suvda yashovchi ajdodlarning belgilarini hali o’zida saqlab qolgan bo’ladi. Metamorfoz yo’l Bilan rivojlanadi. Lichinkasi (itbaliq) faqat suvda yashaydi.
Voyaga yetgan ko’pchilik amfibiyalarning ikki juft oyog’i bo’ladi. Terisi ustida epiteliy hosilalari bo’lmaydi. Lekin u shilimshiq modda Bilan qoplangan. Lichinkalarida tarmoqlangan tashqi jabralar bo’ladi. Voyaga yetganlarida bu jabralar reduksiyaga uchraydi. Bular o’pka va terisi orqali nafas oladi, shuning uchun ham terisi ustida hosilalar (tangachalar, soch, jun) bo’lmaydi. Tana temperaturasi tashqi muhitga bog’liq, chunki bu hayvonlar sovuqqonlilar gruppasiga kiradi.
O’zbekistonda suvda ham quruqda yashovchilarning 2 turi yashaydi, ular dumsizlar turkumiga mansubdir.
DUMSIZLAR TURKUMI (БЕСХВОСТЫЕ) – ECAUDATA
Suvda ham quruqda yashovchilarning dumsizlar turkumiga kiradigan vakillarining tanasi yerbar, kalta va yalpoq bo’lib, dumi bo’lmaydi. Oldingi oyoqlari kalta, keyingi oyoqlari uzun va sakrashga moslashgan. Lichinkalari (itbaliq) ning tanasi yumaloq yoki oval shaklda bo’lib, dumi uzun va yon tomondan qisilgan.
O’zbekistonda uchraydigan suvda ham quruqda yashovchilar ikkita oilaga mansub.

II.BOB.Tog‘ hududlarida tarqalgan umurtqali hayvonlar
2.1 Sudralib yuruvchilar sinfi – Reptilia
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqda yashovchi umurtqali hayvonlar hisoblanadi. Tanasi bosh, bo’yin, qorin va dum qismlariga bo’linadi. Besh barmoqli to’rtta oyog’i harakat organi bo’lib xizmat qiladi (ba’zilari oyoqsiz bo’lishi ham mumkin). Terisida hyech qanday bezlar yo’q va shox tangachalar yeki qalqonchalar bilan qoplangan. Tana temperaturasi o’zgaruvchan. Skeleti to’liq suyaklangan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo’rtmasi bo’ladi.5
Sudralib yuruvchilarni aniqlash vaqtida terisini qoplagan tangacha va qalqonchalar katta rol o’ynaydi. O’zbekistonda sudralib yuruvchilarning 58 turi yashaydi. Ular 2 turkumga mansub.

Yüklə 315,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin