Xongul( Buxoro bug’usi) Бухарский Олень
Cervus elaphus Linnaeus, 1758
ssp.bactrianus Lydekker ,1900
Maqomi. 1(ЕN): Yo’q bo’lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qizil ro’yxatiga kiritilgan. [LS].
Tarqalishi. O’tmishda- Sirdaryo va Amudaryo xavzalalarining barcha to’qayzorlarida keng tarqalgan. Hozirda aborigen populyatsiyalari va introduksiya va reintroduksiya yo’li bilan yuzaga kelgan sun'iy guruhlari mavjud. Birinchilariga Amudaryo vodiysining yuqori( Surxondaryo vil.) va o’rta( Buxoro vil. Qizilqum qo’riqxonasi) oqimida yashovchi populyatsiyalari kirishi mumkin. Ikkinchilariga- Baday-To’qay va Zarafshon qo’riqxonalari populyatsiyalari, hamda Zarafshon daryosining yuqorisida O’zbekiston va Tojikiston chegarasidagi guruhlar.
O’zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Qozog’iston( reintroduksiyalashtirilgan) , Afg’oniston.
Yashash joylari. Qayir to’qayzorlari va yondosh Qumli cho’llar. Tog’ daryolari vodiylari bo’ylab tog’ etaklaiga chiqqanligi qayd etilgan.
Soni. 2008-2009 yillarda o’tkazilgam hisoblash ma'lumotlariga ko’ra populyatsiyalar va guruhlar soni: Surxondaryoda-45-50, Amudaryo oqimida o’rtacha-110-120, Qoraqalpog’istonda-450dan ortiq, Zarafshon daryosi vodiysida- taxminan 100-110 donani tashkil etadi.
Yashash tarzi. Ijtimoiy tuzilishi oilaviy-grupppaviy, yil davomida o’zgarib turadi. Podalari 3-20 va undan ham ko’proq; donadan iborat bo’ladi.Podalari 3-20 va undan ham ko’proq donadan iborat yozda tunlari, qishda esa kunduzi ham faol. Sentabr- onktabrda juftlashadi; may-iyunda bolalaydi(1, ba'zida-2); bolalari bir yilcha onasidan ajramaydi, 2-3 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Daraxt, buta va o’tsimon o’simliklar bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Tabiiy yashash joylari maydonlarining kamaytirilishi, suv balansining buzilib ketishi, daraxtlarning kesilishi, mollarni yoyish, yong’inlar, toshqinlar bo’lishi oqibatida to’qayzorlarning yo’q qilinishi, brakonyerlik.
Ko’paytirish. Baday-To’qay va Zarafshon qo’riqxonalari volyerlarida ko’paytiriladi.13 Muxofaza choralari. SITES ning II- ilovasiga kiritilgan. Transchegaraviy migrant sifatida Bonn Konvensiyasi tasarrufiga olingan ( bugungi muhofaza qilish bo’yicha O’rta Osiyo mamlakatlari tomonidan Memorandum imzolangan). Davlatlararo darajasida turni saqlab qolish va tiklash bo’yicha Dastur va ish rejasi tasdiqlangan(2002). Ovlash taqiqlangan. Qizilqum, Badayto’qay va Zarafshon qo’riqxonalarida muhofaza ostiga olingan. Kelgusida saqlab qolish va bugungi kungacha saqlanib kelgan populyatsiyalarning holatini optimallash dasturini rivojlantirish zarur; amaldagi qo’riqxonalarning( Badayto’qay) hududlarini kengaytirish va Amudaryo deltasiga yangi biosfera rezervatsiyalarini tashkil qilish; Orol bo’yi hududida( Nazarxon, Tuba, Nurumtubak, Oqpetki), Sirdaryoda( Dalverzin,Sayxun, Qalgansir), Qoraqir buyurtmaxonasida saqlanib qolgan to’qayzolarni reintroduksiyalashtirish va introduksiyalashtirish; yaroqli, ammo g’ayritabiiy turar joylarda- tog’li- vodiy o’rmonlarda( Surxon qo’riqxonasi) rezerv qilib; qo’yish maqsadida bug’u sonini ko’paytirish.