SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR
VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH YO'LLARI
Reja:
1 Suvdan oqilona foydalanishning ekologik-xuquqiy asoslari
2 Suv resurslaridan foydalanishda ekologik munosabatlarning
maqsadi
va vazifalari
3 Suv resurslarini ekologik-xuquqiy munosabatlarining o’ziga xos
xususiyatlari
Tayanch iboralar: prioritet, meliorativ, agrotexnika, agromeliorativ,
gidrotexnik.
1 Suvdan oqilona foydalanishning ekologik-xuquqiy asoslari.
Suvdan
oqilona foydalanish-suvning foydali xususiyatlaridan
jismoniy va
yuridik shaxslarning qonun talablari asosida foydalanishi
.
Suvdan foydalanuvchilar qatoriga barcha mulk shaklidagi korxona,
muassasa, tashkilotlar va fuqarolar kiradi. Suv munosabati ob‘ekti
yuqorida sanab o’tilgan barcha suv fondi toifalaridir. Ularga xalq
xo’jaligining barcha soxalarida umumiy yoki maxsus ravishda suvdan
foydalanishga ruxsat beriladi. Umumiy foydalanish-suvning
holatiga
ta‘sir qiladigan inshootlar yoki qurilmalarni qo’llamagan tarzda suvdan
foydalanish. Agarda ularni qo’llab foydalanilsa, maxsus foydalanishga
tegishli bo’ladi. Ularning ruyxati maxsus davlat boshqaruv organlari
tomonidan belgilab qo’yiladi. Suvdan foydalanish birgalikda va tanxo
(yuridik shaxslarga butunlay yoki qisman berib qo’yilsa),
birlamchi
(tanxo foydalanuvchilarga boshqa sub‘ektlarga foydalanish uchun berish
xuquqi bilan) yoki ikkilamchi tarzda amalga oshiriladi.
Suv ob‘ektlari, avvlambor, prioritet me‘yor asosida aholining
ichimlik suviga bo’lgan talabini qondirish uchun beriladi. Suvlarni
foydalanishga berish tartibi (tegishli o’zgartirishlar va qo’shimchalar
kiritilgan holda) «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi
qonunning
26-31 moddalarida aks ettirilgan. Ushbu talablar suvning ekologik
tizimlarda turuvchi unsur sifatida qarashni nazarda tutib ruxsatnomalar
berish, milliylashtirish, xaq to’lash va muddatlarini
belgilash orqali
amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanuvchilarning xuquqlari quyidagilardan iborat
:
maqsadli foydalanish;
zarur bo’lgan inshootlar, qurilmalar va boshqa ob‘ektlarni
«Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning IV bobida
ko’rsatilgan talablar asosida qurish;
beriladigan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
olinmay qolgan suv uchun tovon to’lashni
talab qilish
(tegishli shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan istisno).
Masalan,
2001-2002
yillarda
suv
tanqisligi
tufayli
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida sug’orish
me‘yorlari qisqartirilgan hamda ekin turini tanlash cheklangan;
qonunda taqiqlanmagan boshqa xuquqlardan foydalanishlari
ham mumkin.
Suvdan foydalanuvchilar xuquqlari davlat tomonidan muhofaza etiladi.
Lekin davlat va jamoat ehtiyojlari,
ekologik xavfsizlik, muayyan
ijtimoiy-iqtisodiy holatlarda foydalanuvchilarning xuquqlari cheklanishi
mumkin.
Suvdan foydalanuvchilarning ekologik nuqtai nazardan qaralgan
burchlari