Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga joriy etish


Suv resurslaridan foydalanishda ekologik munosabatlarning



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#145967
1   2   3   4   5   6
SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH YO\'LLARI

2 Suv resurslaridan foydalanishda ekologik munosabatlarning 
maqsadi va vazifalari. 
Suvni xuquqiy muhofaza qilishdan maqsad suv 
resurslari va ularning manbalaridan oqilona foydalanish, suvni tabiiy 
xossalarini saqlash, uni ifloslanishidan, zaxarlanishidan, tarkibi
buzilishidan himoya qilish ayniqsa, suvni sanitariya talablariga 
mosligi va unda yashaydigan tabiiy mavjudotni ekologik me‘yor holatini 
ta‘minlashdan iborat bo’lishi lozim. 
Amaldagi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonunning 
XXIV bobida suvni xuquqiy muhofaza qilishning maqsadi o’z ifodasini 
topgan. 
Hamma suvlar (suv ob‘ektlari) aholi sog’lig’iga zarar yetkazishi, 
shuningdek, baliq zahiralarining kamayishi, suv ta‘minoti sharoitining 
yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari 
pasayishi, suvning tabiiy tozalanish xususiyati kamayishi, suvning 
gidrologik va gidrogeologik rejimining buzilishi natijasida kelib 
chiqadigan boshqa ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan 
muhofaza qilinishi kerak. 
Ta‘kidlash o’rinliki, suv resurslaridan oqilona foydalanish va 
muhofaza qilish ko’p hollarda nazorat qilish tartibi bilan bog’liq bo’ladi. 
Mazkur masala yuzasidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1999 yil 24 maydagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob‘ektlarning texnik 
holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi 
(Davlat suv xo’jalik nazorat)ini tashkil qilish to’g’risidagi Farmoni katta 
ahamiyatga ega. 


Xalq xo’jaligini faoliyat ko’rsatishi, qishloq xo’jaligi ekinlaridan 
barqaror hosil olinishi suv xo’jaligi ob‘ektlarining ishonchli hamda 
bexatar ishlashiga bog’liqdir. Mana shunday shar – sharoitlarni 
ta‘minlash bunday ob‘ektlarning texnik holati ustidan nazorat 
kuchaytirilishi, turli vazirliklar va idoralar faoliyati muvofiqlashtirishini, 
Markaziy Osiyo davlatlaridagi suv xo’jaligi tashkilotlarining baxamjixat 
hararakat qilishlarini taqozo etadi. Shuningdek, katta va alohida muhim 
suv xo’jaligi ob‘ektlarining ishonchli texnik holatini hamda bexatar 
ishlashini ta‘minlash ko’zda tutilgan. 
Bundan tashqari, hozirgi paytda aholi yashash joylarini ichimlik 
suvi bilan ta‘minlash va uni muhofaza qilish maqsadida hukumat 
tomonidan ham bir qator chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Ushbu muammoning yechimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1999 yil 1 iyunda qabul qilingan «Qishloq aholi 
yashash joylarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlashni yanada 
yaxshilash chora – tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida ham o’z ifodasini 
topgan. 
Uning 5 – bandida qishloq aholisini ichimlik suvi bilan ta‘minlash 
samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida qishloq suv 
ta‘minoti idoraviy tizimlarni kommunal xizmat ko’rsatish hududiy 
organlari balansiga berish yo’li bilan yo’li bilan ichimlik suv ta‘minoti 
sohasida tarkibiy o’zgartirishlarning amalga oshirish va mintaqaviy
va mintaqalararo magistral suv quvurlaridan foydalanishning yagona 
tizimini yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblanishi alohida 
ko’rsatilgan. 


Suvni xuquqiy muhofaza qilish maqsadiuning ma‘lum vazifalarini ham 
amalga oshirish holati bilan bog’liqdir. 
«Suv 
va 
suvdan 
foydalanish 
to’g’risida»gi 
Qonunda 
ko’rsatilishicha, «Hamma suvlar aholi sog’lig’iga zarar yetkazishi 
shuningdek baliq zahiralarining kamayishi, suv ta‘minoti sharoitining 
yomonlashishi hamda suvning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari 
pasayishi, suvning tabiiy tozalanish xususiyatining kamayishi suvni 
gidrologik va gidrogeologik rejimining buzilishi natijasida kelib 
chiqadigan boshqa ko’ngilsiz hodisalarga olib kelishi hollaridan 
muhofaza qilinishi kerak» (97 - modda). 
Suv to’g’risidagi qonunda, faoliyati suvlarining holatiga ta‘sir etuvchi 
korxonalar, tashkilotlar va muassalar, mahaliy hokimiyat organlari, 
tabiatni muhofaza qilish, suv xo’jaligi, sanitariya nazorati organlari 
hamda boshqa mafaatdor idoralar bilan kelishilgan holda texnologiya, 
o’rmon – melioratsiya va agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya – texnika 
tadbirlarini o’tkazishlari shart, deb ko’rsatilgan. 
Suv manbalarini ifloslanishdan muhofaza qilishning eng yaxshi 
yo’li markazlashgan suv ta‘minotini tashkil qilishdan iborat. 
Ochiq suv havzalaridan suv olinadigan joyni tanlashda suvning 
ifloslanmasligi, suv havzasiga yetarli miqdorda suv tushib turishini, suv 
havzasi atrofining to’silganligini, qirg’oqning buzilmasligini hisobga 
olish kerak. Suv olinadigan joyni tanlash har safar murakkab sanitariya 
masalasi hisoblanadi. Muhimi, suv olinadigan joyni tanlash oqova suvlar 
tushadigan joydan yiroqligi aholi yashaydigan punktning istiqboli, ya‘ni 
kengayishi nazarda tutiladi. Shuningdek, suv olinadigan joy daryo 


irmoqlari chuqurligi kamida 2,5 metr bo’lgan, qirg’og’i yuvilmaydigan 
joydan olinadi. Bu qoida suv omborlariga ham tegishlidir. 
Har qanday suv manbai, ayniqsa ochiq suv havzalari tashqi muhit 
bilan bog’langanligi va suv sifatiga tabiiy hodisalar, sanoat va 
communal qurilishlar, aholining xo’jalik va turmushdagi faoliyati ta‘sir 
qilishni hisobga olib, vodoprovod qurilishida albatta, sanitariya zonasi 
tashkil etish kerak. 
Mavjud qonunchilikka asosan tashkilotlar barcha vodoprovod 
uchun sanitariya muhofazasi zonasi tashkil qilishlari kerak. 
Sanitariya maishiy suv ta‘minotidan foydalanadigan rayonlarda 
sanitariya muhofazasi zonasi yaratish zarur. Bunday hollarda sanitariya 
nazorat organlari va shu teritoriyadagi suvdan foydalanishni va 
muhofaza qilishni boshqaradigan organlarga quyidagi hajmli yer 
ajratiladi:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin