Mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish mavzusidagi
MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: D.Kosimov
Samarqand- 2022 y. O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagiMalaka oshirish markazi Samarqand viloyat mintaqaviy filialining tinglovchisi Janiyev Shermuxammad Arzillayevichning “Mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish” mavzusidagi malakaviy ishiga rahbar TAQRIZI
Tinglovchi tomonidan tayyorlangan “Ijtimoiy tarmoqlar tahdidlari” mavzusidagi malakaviy ishi hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biriga bag'ishlanganligini ko'rishimiz mumkin.
Malakaviy ishi titul varag'i, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat bo'lib, kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari hamda nazariy va metodologik asoslari yoritib berilgan. Asosiy qismda mavzuning nazariy jihatlari tahliliy natijalar asosida aniq bayon qilingan va tinglovchi tomonidan xulosa hamda taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatida malakaviy ish yozish davomida foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro'yxati belgilangan tartibda keltirib o'tilgan.
Tinglovchi malakaviy ishini tayyorlash jarayonida turli xil manbalardan dalillar, statistik ma'lumotlar, turli mualliflarning fikrlaridan iqtiboslar keltirib to'g'ri va asoslangan ma'lumotlardan unumli foydalana olgan.
Umuman olganda, ushbu malakaviy ishi nizom talablari asosida tuzilgan bo'lib, unda ba'zi bir orfografik va gramatik xatolar ham ko'zga tashlanadi. Ammo bu kabi juz'iy kamchiliklar ishning amaliy ahamiyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatmaydi. Shu nuqtai nazardan, ushbu malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.