Samarqand viloyati mintaqaviy filiali


II BOB.MAHALLA TIZIMIDA IJTIMOIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI VA HAMKORLIK MUNOSABATLARI



Yüklə 129,72 Kb.
səhifə4/9
tarix25.03.2023
ölçüsü129,72 Kb.
#89932
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish

II BOB.MAHALLA TIZIMIDA IJTIMOIY FAOLIYATNI AMALGA
OSHIRISH MEXANIZMLARI VA HAMKORLIK
MUNOSABATLARI.


  1. Mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishning mehanizmlari, zarurati hamda ushbu jarayonda jamoatchilik komissiyalarining o`rni.

Fuqarolar o`zini o`zi boshqarishining hududiy birliklari va tizimi sifatida shaharchalar, qishloqlar, ovullar, mahallalar xalqimiz qiyofasini belgilovchi mezondir. Mahalla azaldan maslahatlashib ish tutish, birlik, ahillikning manbai bo`lib kelgan. Oiladagi noxush yoki xushxabardan birinchi bo`lib xabar topadigan, hamdard va malham bo`ladigan ham mahalladir. Oila tinchligi mahallaning, mahallaning tinchligi esa yurtning tinchligiga tayanch ekanligi oynadek ravshan. Ushbu tizimda faoliyat olib borayotgan mas`ul xodimlar ijtimoiy iqtisodiy islohotlarning, siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi va tashkilotchisidir.
Ma`lumki aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli “Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Hududda ehtiyojmand oilalarni aniqlashda fuqarolar yig`inidagi maxsus komiyassiyalar xulosalar asosida fuqarolar yig`ini Kengashi yoki fuqarolar yig`ini (vakillar yig`ilishi) qarori qabul qilinishi lozim. Bu qarorlar asosida fuqarolarga belgilangan tartibda ko`mak berib kelinishi maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 avgustdagi 237-son qaroriga asosan keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo`llab-quvvatlash, o`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lganyolg`iz keksalar va nogironlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul ta`minlashda fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari ishtirok etadi.
“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahriri 18-moddasiga asosan fuqarolar yig`inlarida fuqarolar yig`ini faoliyatining asosiy yo`nalishlaribo`yicha 8 ta komissiya tuziladi.

  1. Yarashtirish komissiyasi;

  2. Ma`rifat va ma`naviyat masalalari bo`yicha komissiya;

  3. Ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha komissiya;

  4. Xotin-qizlar bilan ishlash bo`yicha komissiya;

  5. Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo`yicha komissiya;

  6. Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo`yicha komissiya;

  7. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish bo`yicha komissiya;

  8. Jamoatchilik nazorati va iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha komissiya.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 oktabrdagi “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida’gi 274-sonli qarori bilan komissiyalarning Namunaviy nizomlari tasdiqlanib, komissiyalar maqsadi va vazifalari, tarkibi ko`rsatibo`tilgan.
Har bir jamoatchilik komissiyalarining Nizomida komissiyaning maqsad va vazifalari, faoliyatini tashkil etish tartibi ko`rsatilganbo`lib, bufaoliyatni tashkil etishning pirovard natijasi aholi manfaatlarini himoya qilish, turmush farovonligini oshirish va ijtimoiy himoya qilishga qaratilgandir.
Aholi ijtimoiy himoya qilishda mahallalardagi ijtimoiy qo`llab- quvvatlash bo`yicha komissiyasi alohida o`rin tutadi. Komissiya o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yig`ini to`g^risidagi Nizomga, fuqarolar yig`ini va uning kengashi qarorlariga hamda komissiya Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Komissiya o`z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Komissiyaning maqsadi fuqarolar yig^ini hududida aniq yo`naltirilgan asosda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo`llab-quvvatlash .bo`yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga ko`maklashishdan iborat
Komissiya oilalarni o`rganish, kam ta`minlangan oilalar va٠
;o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz fuqarolarni aniqlash va hisobga olish aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo`llab-quvvatlash chora- ٠
;tadbirlarini amalga oshirish haqida fuqarolar yig`iniga taklif kiritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bolali oilalarga nafaqani, ٠
bola parvarishi bo`yicha nafaqani va kam ta`minlangan oilalarga moddiy ;yordamni tayinlash va to`lash haqida qaror qabul qilish
o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz fuqarolarga homiylik ٠ yordamlari ko`rsatish, ularga ijtimoiy himoyalash, sog`lomlashtirish, maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirishda ko`maklashish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
:Komissiya faoliyatini tashkil etishda quyidagi huquqlarga ega faoliyat yo`nalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul ٠ qilgan qarorlarini fuqarolar yig`ini kengashida ko`rib chiqish uchun taqdim ;etish

  • kam ta`minlangan oilalar, o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz fuqarolarni qo`llab-quvvatlash, ushbu maqsadlarda jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriylik asosidagi mablag`larini jalb etish bo`yicha fuqarolar yig`iniga taklif kiritish;

  • kam ta`minlangan oilalar, voyaga yetmagan bolalari bo`lgan muhtoj oilalar farzandlarini sog`lomlashtirish oromgohlarida bepul yozgi dam olish masalalarida va boshqa ijtimoiy tadbirlar o`tkazish bo`yicha tegishli tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga murojaat qilish to`g`risida fuqarolar yig`iniga takliflar kiritish;

  • faoliyati uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni tegishlitashkilotlardan belgilangan tartibda olish to`g`risida, zarur hollarda ma`lumotlarni joyiga borib o`rganish haqida fuqarolar yig`iniga takliflar kiritish;

  • o`ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o`z majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish bo`yicha fuqarolar yig`ini kengashiga takliflar kiritish;

  • ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora- tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha fuqarolar yig`iniga takliflar kiritish.

Shuningdek komissiya faoliyatida bir qator majburiyatlarni bajaradi. Jumladan, o`z faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qat`iy rioya qilish;

  • mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish;

  • fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va

erkinliklarining poymol etilishiga yo`l qo`ymaslik;

  • fuqarolar yig`ini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yig`ini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obro`-e`tibo`rini mustahkamlash va ta`sirini oshirish;

  • yo`nalishibo`yichatarg`ibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;

  • kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibga qat`iy rioya etilishini ta`minlash;

  • qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to`g`risida fuqarolar yig`iniga takliflar kiritish.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish mazkur jamoatchilik komissiyaning tarkibi qanday tuzilishiga bog`liqdir.
Komissiya a`zolari fuqarolar yig`ini tomonidan fuqarolar yig`ini hududida istiqomat qiluvchi obroe`tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan 2 yil muddatga, fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) esa — uning butun vakolati davriga saylanadi. Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat bo`lishi kerak.
Komissiya tarkibiga fuqarolar yig`ini raisining maslahatchilari, kotibi, fuqarolar yig`ini hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Bandlikka ko`maklashishva aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi, Shuningdek zaruriyat bo`lganda, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va moliya organlari vakillari kiritiladi.
Komissiyaga fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) rahbarlik qiladi.
Komissiya a`zosi muddatidan avval Komissiya tarkibidan chiqsa, Komissiyaning yangi a`zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yig`ini tomonidan saylanadi.
Komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari Komissiya yig`ilishida muhokama etiladi va fuqarolar yig`ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya o`z faoliyatini olib borishda fuqarolarning murojaatlari, Komissiya raisi va a`zolarining takliflari, hududdagi ijtimoiymuammolarning kelib chiqishiga qarab yig`ilisho`tkazadi va tegishli qarorlar qabul qiladi.
Fuqarolar yig`ini mas`ul kotibi Komissiyaning kotibi hisoblanadi va Komissiya yig`ilishlarining bayo`rnini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
Komissiya o`z faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yig`ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig^iniga hisobot berib boradi.
Komissiya raisi va a`zolari o`z faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis bo`lishlari oz bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda ijtimoiy muhofaza sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.
Mahallalarda ijtimoiy faoliyatni samarali tashkil etishda hududdagi davolat va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlik qilish amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijadorligini ta`minlaydi. Ko`rib chiqilayotgan masalaga tegishliligiga ko`ra, Bandlikka ko`maklashish markazi, Moliya bo`limlari, yoshlar ittifoqi, ta`lim muassasalari, “Mahalla" XJF, “Nuro`rniy” jamg^armasi, tadbirkorlik subektlari, tibbiyot muassasalari, kasaba uyushmalari, sanatoriylar, bolalar oromgoxlari kabi tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilishi mumkin.

Yüklə 129,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin