Ilmiy rahbar: Kosimov D.
MAVZU: “MAHALLA TIZIMIDA IJTIMOIY FAOLIYATNI TASHKIL
ETISH”
REJA:
I. KIRISH.
bob. Mahalla - ijtimoiy institut sifatida
Ijtimoiy institutlarning kelib chiqishi, mohiyati va mazmuni......7-13 betlar
Fuqarolar yig`inlarining jamiyat taraqqiyotidagi o`rni......... 14-31 betlar
II. ASOSIY QISM.
bob. Mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni amalga oshirish
mexanizmlari va hamkorlik munosabatlari
Mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishning mehanizmlari,
zarurati hamda ushbu jarayonda —jamoatchilik komissiyalarining o`rni……26-34 betlar
III. XULOSA.
VI. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
“Mahalla institutining joylarda xalqning maslakdoshi vako`makdoshiga, ta`bir joiz bo`lsa, “adolat tarozisiga” aylanishi, hech shubhasiz odamlarning davlatga bo`lgan ishonchini yanada mustahakamlaydi”
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev
O`zbekistonda mahalla shaklidagi o`zini o`zi boshqaruvchi noyob ijtimoiy tashkilot azaldan mavjud. Xalqimiz asrlar davomida mahalla orqali jamoatchilik fikrini aniqlashning hamda birdamlik ko`rsatishning o`ziga xos usullarini shakllantirib, milliy o`zligini, ulkan ma`naviy boyliklari, qadriyatlarini asrab-avaylab, boyitib kelmoqda. Istiqlol yillarida mahalla institutini rivojlantirishga, roli va vakolatlarini kengaytirishga jiddiy e`tibor qaratilib, uning tom ma`nodagi fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organiga aylanishi uchun zarur bo`lgan sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi.
O`zbekistonda mahalla institutini yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan siyosat oqilona olib borilishi natijasida yildan yilga uning huquqiy asoslari mustahkamlanib, vakolatlari kengayib jamiyatdagi o`rniva nufuzi ortib bormoqda.
Shu bilan birga, mamlakatimizda mahalla tizimida aynan aholining, jamoatchilikni faolligini oshilish bo`yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish tobora muhim ahamiyatga ega ekanligi kuzatilmoqda.
Mahallada ijtimoiy ishni tashkil etishning o`zi xos jihatlari va uning samarali tashkil etish mexanizmalarini to`gri tashkil etish dolzarb masala bo`lib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |