Biotexnologik usulda (suvo`tlarni o`stirish orqali) tozalashning ifloslangan suvning tarkibining o`zgarishiga ta`siri
Tadqiqotlarimizda bajarilishi belgilab berilgan biotexnologik usulda (suvo`tlarni o`stirish orqali) tozalashning ifloslangan suvning tarkibining o`zgarishiga ta`siri o`rganishga qaratilgan tajribalar Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, issiqxonasida olib borildi. Ichimlik suvlarining fizik xossasi va kimyoviy tarkibi Yu. Lure (1984) uslublari bo‘yicha, algologik namunalarni yig‘ish, tahlil qilishda M.M.Gollerbax(1951), S.P.Vasser(1989) uslublaridan foydalanildi (tajriba natijalari 3.3-jadvalda keltirilgan).
Tajriba natijasida olingan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, Zarafshon daryosidan olingan suv namunalarining ta`mi suvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 1,78 ± 0,02 ballga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 1,94 ± 0,02 va 1,96 ± 0,04 o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 2,0 ballga teng). Quyidagi ko`rsatkichlarni ham taqqoslashimiz mumkin:
suv namunalarining hidi suvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 1,76 ± 0,04 ballga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 1,93 ± 0,04va 1,96 ± 0,02 ga o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 2,0 ballga teng);
suv namunalarining rangi suvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 18,4 ± 0,24 darajaga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 19,4 ± 0,14va 19,7 ± 0,04ga o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 2,0 ballga teng);
suv namunalarining loyqaligi suvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 1,74 ± 0,02mg/dm3ga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 1,54 ± 0,02va 1,51 ±
0,03mg/dm3ga o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 1,5mg/dm3ga teng);
suv namunalarining umumiy qattiqligi suvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 9,2 ± 0,37 mg/dm3ga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 7,2 ± 0,02 va 7,0 ± 0,22 mg/dm3ga o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 7,0 mg/dm3ga teng);
suv namunalarining tarkibidagi nitratlar miqdorisuvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 53,6 ± 0,4mg/dm3ga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 46,6 ± 0,3va 46,0 ± 0,4mg/dm3ga o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 45,0 mg/dm3ga teng);
suv namunalarining tarkibidagi xloridlar miqdori suvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 266,4 ± 3,7mg/dm3ga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 252,2 ± 2,2va 251,1 ± 1,24mg/dm3ga o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 250,0 mg/dm3ga teng);
suv namunalarining tarkibidagi Mg miqdori suvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 14,2 ± 0,37mg/dm3ga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 12,1 ± 0,21va 12,2 ± 0,17mg/dm3ga o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 12,0 mg/dm3ga teng);
suv namunalarining tarkibidagi Ca miqdori suvo`tlar bilan tozalashdan oldin o`rtacha 23,2 ± 0,04 mg/dm3ga teng bo`lgan bo`lsa, eyxorniya va pistiya bilan tozalangandan keyin bu ko`rsatkich mos tarzda 23,1± 0,02 va 23,0 ± 0,04 mg/dm3ga o`zgargan (Ushbu ko`rsatkich me`yori standart bo`yicha 23,0 mg/dm3ga teng).
Dostları ilə paylaş: |