Suyak sistemasi. Odam skeleti Suyak sistemasi odam skeletini tashkil qilib, uning funksiyasi ko'p qirrali. Eng muhimi gavdada u tayaneh va himoya vazifasini bajaradi


Tayanch-harakatlanish sistemasining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli



Yüklə 465,63 Kb.
səhifə11/13
tarix09.04.2023
ölçüsü465,63 Kb.
#95420
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Suyak sistemasi

Tayanch-harakatlanish sistemasining rivojlanishida jismoniy tarbiya va mehnatning roli

Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o'sishi, rivojla¬nishida, qad-qomatning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish natijasida muskul to'qimasida moddalar almashi¬nuvi kuchayadi, muskullarga qon kelishi ko'payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. Tekshirishlar¬dan ma'lum bo'lishicha, jismoniy mashq bilan shug'ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlar (ka¬pillyar)ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko'p bo'ladi. Bunday odamlarmuskullarining, qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta'minlanishi yaxshi bo'lganligi uchun mus¬kul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogen miqdori ko'payadi. Bu esa muskul tolalarining yo'g'onlashuviga va ular mustahkam bo'lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib keladi.
Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarining baquvvat, mustahkam bo'lishi, o'z navbatida, suyaklarning yaxshirivojlanishiga, ulaming mustahkam bo'lishiga irnkon beradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug'ullansa, tayanch harakatlanish sistemasining o'sishi, rivojlanishi, shakllanishi yaxshi bo'ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim organ va sistemalari (o'pka, yurak, qon tomir, jigar, buyraklar, oshqozon-ichak, nervlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasida odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta'siriga chidamli va chiniqqan bo'ladi. Ma'lumki, bunday kishilar kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko'radi. Mashhur fiziolog I. P. Pavlov 87 yil umr ko'rgan. U juda ishchan, sog'lom, o'tkir zehnli, harakatchan, tetik odam bo'lgan, chunki u muntazam ravishda jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullangan. U jismoniy mehnatning ahamiyati haqida: «Men butun umrim bo'yi aqliy va jismoniy mehnatni sevib keldim, ikkinchisini, hatto ortiqroq sevaman» deb yozgan edi.


Yüklə 465,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin