Tabiiy gazlar ikkiga bo‘linadi:
1) Toza gaz konlaridan chiquvchi gazlar.
Bunday toza tabiiy gazlar
gaz
konlaridan qazib
olinib, uning asosiy qismini metan (CH4) tashkil qiladi.
2) Yo‘ldosh gazlar.
Bu gazlar yer osti qatlamlarida neft bilan aralash
bo‘lib,
neftni qazib
olish jarayonida u bilan birga chiqadi va yer sathiga chiqqandan so‘ng bosim pasayishi
natijasida neftdan ajraladi.
Sun’iy gazlar to‘rtga bo‘linadi:
1) Qattiq yoqilg‘ini havosiz joyda 900 – 1100°C gacha qizdirish natijasida
koks gazi hosil
bo‘ladi. Koks gazining issiqlik berish qobiliyati – 16 – 18 MJ/m3.
2) Qoldiqsiz
gazifikatsiya gazlari (generator gazlari). Bu gazlarni olishda qattiq
yoqilg‘ilar havosiz joyda qizdirilib, undan keyin qizdirilgan massa
orqali bosim ostida
havo, kislorod yoki suv bug‘i yuborilsa, ular yoqilg‘i tarkibidagi yonuvchi moddalarni
o‘zi bilan olib chiqadi.
3) Ba’zi ko‘mir konlarida ko‘mir qatlamlarining qalin bo‘lmaganligi va ularni shaxta
usulida qazib olish iqtisodiy tarafdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganligi
sababli bunday
ko‘mir qatlamlari qazib olinmasdan, yer
ostida kam havo berib yoqilib, ular gazga
aylantiriladi va yer
ustiga yonuvchi gaz yer osti gazifikatsiya gazlari sifatida
chiqarib
olinib, mahalliy gazlashtirish tizimlarida
ishlatiladi.
4) Neftni qayta ishlashda hosil bo‘lgan gazlar
. Neftni
qayta ishlash zavodlarida neft
qizdirilib, undan benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi va boshqa suyuq yoqilg‘ilar olinadi.
Dostları ilə paylaş: