Suyuq kristallar va ularni xususiyatlari Reja



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#166668
  1   2   3   4
Suyuq kristallar va ularni xususiyatlari


Suyuq kristallar va ularni xususiyatlari


Reja



Suyuq kristallar. Suyuq kristallar-suyuqlik va kristall xossasiga ega bo’lgan moddalar bo’lib unda bir vaqtning o’zida ham kristallik, ham suyuqlik xususiyatlari namoyon bo’ladi. Ma’lumki moddadarining ko’pchiligi uchta agregat xolatda (qattiq, suyuq, gaz) bo’lishi mumkin. Murakkab molekulalarga ega bo’lgan ba’zi organik moddalar yuqoridagi uchta xolatdan tashqari to’rtinchi xolatda ham bo’lishi mumkin. Ular eritilayotganida oddiy suyuqlikdan farqlanuvchi suyuq kristall fazasi hosil bo’ladi.
Mazkur faza kristallning erish haroratidan boshlanib undan yuqori harorat intervalida mavjud bo’ladi. Agar uni ayni shu interval chegarasidan yuqori xaroratga qadar qizdirilsa, suyuq kristall oddiy suyuqlikka aylanib qoladi.
Suyuq kristallar 1888 yilda Avstriyalik batanik-olim F. Reynitser tomonidan birinchi marta olingan va tadqiq qilingan. F. Reynitser sintez qilgan yangi modda xolesteril benzoat ikkita erish nuqtasiga egadir. Bu qattiq jismning xarorati 1450S ga yetganda, u loyqa suyuqlikka aylanadi. 1790S haroratda esa suyuqlik tiniqlashib qoladi, ya’ni o’zini optik nuqtai nazardan oddiy suyuqlikdek, masalan suvdek tutadi.
F.Reynitser polyarizatsion mikroskop ostida holesteril benzatning loyqa fazasini kuzatganda u ikkilanma nur sindirishga ega ekanligini aniqladi.
Molekulalarning fazoda tartiblanishi odatdagidek to’liq bo’lmasa ham u suyuq kristallar xususiyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning bilan ham ular oddiy suyuqlikdan farq qiladi.
Molekula o’qlarining eng oddiy tartiblanishlaridan tashqari, suyuq kristallarning molekulalarida bundan ham murakkab oriyentatsion tartiblanish amalga oshishi ham mumkin.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin