Suyuq kristallar va ularni xususiyatlari Reja



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#166668
1   2   3   4
Suyuq kristallar va ularni xususiyatlari

Matritsaviy displeylar. Suyuq kristall yacheyka bitta yoki bir necha misol uchun qo’l soati indikatoridagi xar bir yacheykaga boshqaruvchi kuchlanishni aloxida uzatishning muammosi yo’q. Endi qandaydir qurilma uchun millionatrofidagi yacheykalar zarur bo’lsin va bu yacheykalarning xar birining tavsiflarini bir-biridan mustaqil boshqarish zaruriyati tug’ilgandagi xolatini tasavvur etib ko’raylik. Biz televizion ekran yoki displey yaratmoqchi bo’lsak, u xolda shunday sharoit tug’ilishi mumkin. Bu xolda boshqaruvchi kuchlanishni uzatish tizimini yaratish muhim muammoga aylanadi. Chunki agar xar bir yacheykani kuchlanish uzatuvchilarini individual kanallar bilan ta’minlasak, u xolda televizor ekrani yoki displey uchun yacheykalarga signallarni yetkazuvchi million juft atrofidagi o’tkazgich kerak bo’ladi. Bu esa amalda mumkin emas, demak boshqa yo’lni axtarish kerak. Mana shu yerda enda suyuq kristall yacheykalarni matritsaviy boshqarishi qo’l keladi. Bunda birdaniga juda ko’p sonli yacheykalarni boshqarish amalga oshiriladi. Bunday boshqarishda kuchlanishni uzatuvchi o’tkazgichlar tizimi ikkita o’zaro perpendikulyar va bir-biridan izolyatsiyalangan parallel o’tkazgichlar tizimlari to’plamidan iborat bo’lib ular kvadratsimon panjarani ya’ni matritsani xosil qiladi. O’zaro perpendikulyar o’tkazgichlar kesishgan joyi suyuq kristall yacheykadan iborat bo’ladi. Demak matritsaviy tizim, yetkazuvchi simlar sonini keskin kamaytirish imkoniyatini beradi.

Suyuq kristalli matritsaviy displeylarni va mikroelektron texnikasining ittifoqi xozirda Yaponiyada chiqara boshlanganxozirgi zamon elektron lug’atini yuzaga keltirdi. Ular xotirasiga ikki tildagi so’zlar kiritilgan va matritsaviy displey va alfavit klaviatura bilan ta’minlangan oddiy cho’ntak mikrokalkulyator o’lchamidek bo’lgan miniatyuraviy xisoblash mashinasidan iboratdir. Klaviatura bo’yicha bir tildagi so’z terilsa, displeyda shu so’zning boshqa tildagi tarjimasi ko’rinadi.
Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin