Suyuq kristallar va ularning xususiyatlari-fayllar.org
Yadroning bo`linishi. Тurli xil element yadrolarini har xil zarralar bilan bombardimon qilib har xil yadro reaksiyalarni hosil qilish mumkin. -nurlar bilan 4Be9-berilliy izotopini bombardimon qilib neytron hosil qilingan:
4Be9+2Ne46C12+0n1 Yadrolarga ta’sir qiluvchi zarralarning energiyasi, turlariga bog`lilik ravishda yadro reaksiyalari: kichik, o`rta va yuqori energiyali reaksiyalarga bo`linadi. Yadrolarning neytronlar bilan ta’sirlashishida hosil bo`ladigan reaksiyalar kichik energiyali, -zarralar, protonlar va -kvantlar ta’sirida hosil bo`lgan reaksiyalarni o`rta energiyali yadro reaksiyalari deyiladi. Yuqori energiyali yadro reaksiyalarini hosil qilib elementar zarralarning strukturasi, xususiyati o`rganiladi. E.Fermi, Ch.Jolio-Kyuri, P.Savich, O.Gan, F.Shtrassman, O.Frish, L.Maytner larning tajribalar va nazariy izlanishlari tufayli o`ttizinchi yillar oxirida (1938 y.) Neytronlar bilan bombardimon qilingan og`ir yadrolar (masalan uran)ni ikki qismga bo`linishi aniqlandi. Bundan tashari neytraonlar, elektronlar va -nurlanishlarning ham vujudga kelishi kuzatildi. Bu hodisa yadro bo`linishi deb nom oldi. Neytron biror zXA yadroga kirgach yangi zXA+1 yadro hosil bo`ladi. U esa ikki yadroga, ya’ni va yadrolarga bo`linadi, ya’ni
X yadroni Y va V yadrolarga ajralish imkoniyati energetik nuqtai nazardan Q=(1A1+2A2)-A
Ifodaning ishorasiga bog`liq bo`lib undagi 1, 2 va lar mos ravishda bo`linish parchalari-E va B hamda Х yadrolardagi bitta nuklonga to`g`ri keluvchi bog`lanish energiyalarining qiymatlari. Davriy jadvalning o`rta qismidagi elementlar yadrolari uchun nuklonning yadroga bog`lanishi energiyasi (1 va 2)ning qiymatga jadval oxiridagi og`ir yadrolarniki (ya’ni ) nisbatan 0,8 meV katta bo`lganligi uchun, og`ir yadro (masalan, u235) ikki o`rtaroq yadroga ajralganda QA0,8 meV energiya ajralishi mumkin (1ev =1,610-19j).
Og`ir yadrolarning bo`linishi natijasida katta energiya ajralib chiqadi. Masalan bitta uran yadrosini bo`linishi natijasida, ya’ni
yadro reaksiya tufayli 200 meV energiya ajralib chiqadi. 1G uran bo`linishi natijasida esa 800 kg ko`mirni bir paytda yonishi natijasida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqsa shuncha issiqlik miqdori ajralib chiqadi.