Real suyuqlik uchun Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati.
Shundaq qilib, qaralayotgan kesimlardagi energiyaning yo’qotilishi quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi:
h1-2 = H1 -H2,
h2-3 = H2 –H3,
Naporning umumiy yo’qоtilishi quyidagicha topiladi:
h1-3 = h1-2 + h2-3 = H1 -H2–H3,
Suyuqlik oqimining asosiy xarakteristikasi Suyuqlik oqimini xarakterlovchi asosiy gidravlik elementlari deganda uning quyidagi gidravlik kattaliklari o’rganiladi:
1. Tirik kesim yuzasi;
2. Ho‘llangan perimetr;
3. Gidravlikaviy radius;
4. Suyuqlik sarfi va o‘rtacha tezlik.
Tirik kesim yuzasi deb shunday sirtga aytiladiki, uning har bir nuqtasida oqim chizig‘i normal bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Umumiy holda harakat kesimi egri sirt bo‘lib parallel oqimchali harakatlar uchun tekislikning bo‘lagidan iborat (ya’ni tekis sirtdir). Masalan: radial tarqalayotgan suyuqlik oqimi uchun tirik kesim yuzasi sferik sirt bo‘lsa, o’zan va quvurda harakat qilayotgan oqimning tirik kesim yuzasi tekis sirtdir. Suyuqlik oqimining tirik kesim yuzasi ω harfi bilan belgilanadi. Doiraviy kesimli quvurlar uchun suyuqlik oqimining tirik kesim yuzasi quyidagicha aniqlanadi:
ω= πd2/4
Ho‘llangan perimeter deb suyuqlikning idish devoir bilan chegaralangan qismining uzunligiga aytiladi va u λ harfi bilan belgilanib, m larda o’lchanadi. Doiraviy kesimli quvurlar uchun suyuqlikning ho‘llangan perimeteri quyidagicha aniqlanadi:
λ = π d = 2 π r
Gidravlikaviy radius deganda tirik kesim yuzasining ho‘llangan perimetrga nisbati o’rganiladi va u R harfi bilan belgilanadi hamda quyidagi bo’g’lanish asosida topiladi:
R = ω / λ
Suyuqlikning sarflanishi deganda vaqt birligi ichida oqib o’tgan suyuqlik hajmiga aytiladi va Q harfi bilan belgilanadi hamda quyidagi bog’lanish asosida aniqlanadi:
Q = W /
Bu yerda:
Q- suyuqlikning sarflanishi, m3/s;
W- suyuqlikning hajmi, m3; t- suyuqlikning harakatlanish vaqti, s.
Suyuqlikning o‘rtacha tezligi deganda sarflanish miqdorining tirik kesim yuzasi . olingan nisbati o’rganiladi va u υ harfi bilan belgilanadi hamda quyidagi bog’lanish asosida aniqlanadi:
υ = Q / ω