SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1251
Suyuq o‘tkazgichlar uchta asosiy turga bo’linadi: yarimo‘tkazgichlar; dielektriklar;
o‘tkazgichlar.
Odatdagi sharoitda ayrim suyuqliklar elektr tokini o‘tkazsa, ayrimlari esa o‘tkazmaydi.
Toza suyuqliklar, distillangan suv, kerosin, mineral yog‘lar elektr tokini o’tkazmaydi. Tuzlar,
kislotalar, ishqorlar elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. O‘zidan elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqliklar
elektrolitlar deb ataladi.
Ionlar orasida Kulon kuchi tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish ionli
bog‘lanish deb ataladi.
Kimyo darslaridan ma’lumki, modda atom va molekulalari
bir-biri bilan uch xil
bog‘lanishda bo‘ladi: metall bog‘lanish, kovalent bog‘lanish va ionli bog‘lanish. Ionli
bog‘lanishga misol qilib osh tuzi — natriy xlorid (NaCl)ni keltirish mumkin.
Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi atomning nomeri elementninng qobiqlaridagi
elektronlar
sonini ifodalaydi
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidan foydalanish shu joyida o‘rinli
bo‘ladi. Natriy (Na) atomida 11 ta elektron bo‘lib, ulardan 1 tasi tashqi orbitada bo‘ladi. Xlor
(Cl) atomida esa 17 ta elektron bo‘lib, ulardan 7 tasi tashqi orbitada aylanadi (rasmda
ko‘rsatilgan).
Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi barcha elementlarning alohida olingan atomi
elektr neytraldir. Chunki, atom yadrosidagi musbat zaryadli protonlar nechta bo‘lsa, shu atom
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1252
yadrosining atrofida aylanib yurgan manfiy zaryadli elektronlar soni ham shuncha bo‘ladi.
Shunga o‘xshash Na va Cl atomlari alohida olinganda elektr neytraldir. Xlor atomining tashqi
elektron qobig‘i to‘lishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Shu sababli xlor va natriy atomlari
bir-biriga yaqinlashganda elektronlar almashishi yuz beradi. Xlor atomi natriy atomining tashqi
elektron qobig‘idan 1 ta elektronni tortib oladi (1-b rasm).
Natijada xlor atomi manfiy zaryadli xlor ioniga (Cl− ), natriy atomi esa musbat zaryadli
natriy ioniga (Na+ ) aylanib qoladi. Bu jarayonni quyidagi tengliklar bilan ifodalash mumkin:
Na − e = Na + Cl + e = Cl − Turli ishoraga ega bo‘lgan natriy va xlor ionlari bir-biri bilan Kulon
kuchi bilan tortishishib, NaCl kristall panjarasini hosil qiladi (116-rasm)
muhitlarda elektr toki Ionlar orasida Kulon kuchi tufayli vujudga keladigan kimyoviy
bog‘lanish ionli bog‘lanish deb ataladi.
Odatdagi sharoitda ayrim suyuqliklar elektr tokini o‘tkazsa, ayrimlari esa o‘tkazmaydi.
Toza suyuqliklar, distillangan suv, kerosin, mineral yog‘lar elektr tokini o‘tkazmaydi.Tuzlar,
kislotalar, ishqorlar elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. O‘zidan elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqliklar
elektrolitlar
deb ataladi
Ba’zi suyuqliklar elektr tokini o‘tkazishi, boshqalari esa o‘tkazmasligi mumkin.
Suyuqliklarning elektr tokini o‘tkazishi yoki o‘tkazmasligini
rasmda tasvirlangan oddiy asbob yordamida aniqlash
mumkin. Bu asbob, asosan, shisha idish va unga tushirilgan ikkita ko‘mir sterjen —
elektrodlardan iborat. Elektr manbaning musbat qutbiga
ulangan elektrod anod deb, manfiy
qutbga ulangan elektrod esa katod deb ataladi. Elektrodli shisha idishga distillangan suv
solamiz va kalitni ulaymiz. Bunda lampochka yonmaydi. Demak, distillangan
suv elektr tokini
o‘tkazmaydi. Kalitni uzamiz va idishdagi suvga osh tuzi (NaCl)ni solib, natriy xlorid eritmasini