Suyuqliklarning asosiy paramentlarini aniqlashga



Yüklə 35,38 Kb.
səhifə3/11
tarix20.11.2023
ölçüsü35,38 Kb.
#164058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bozor munosabatlari sharoitida davlat va korxonalar o‘rtasidagi munosabat

Korxona - jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo’yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, har xil masshtabdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektdir. Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga turlanadi. ―O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida‖ O’zbekiston Respublikasining qonuniga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga chiqadi:
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
- jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan oilaviy mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksionerlar jamiyati, davlat korxonasi kollektivining, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, konsern (konsarsium)larning mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
- Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi, ma’muriy-territorial tuzilmalar (komunal) mulkdan iborat davlat mulki;
- aralash mulk;
- qo’shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki.
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi mumkin:
- shaxsiy yoki xususiy mulkga asoslangan xususiy korxonalar;
- jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
- davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
- aрalash mulkga asoslangan qo’shma korxonalar;
- xorijiy davlatlar, ajnabiy fuqaрolar mulkiga asoslangan korxonalar.
Sohalarga qarab korxonalarni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: moddiy ishlab chiqarish sohasidagi; tрanspoрt; qurilish; aloqa; muomala; xizmat; ta’lim; infрatuzilma (infрatuzulma); boshqaruv sohalaridagi hamda jamoat jamiyatlari va diniy tashkilotlar korxonalariga.
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya’ni mulk shakliga va sohalariga mos holda va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi.
Ishlab chiqarish masshtabi (hajmi)ga qarab kichik, o’rta va yirik korxonalarga turlanadi.
Bu korxonalarga asosan ishchilarning soniga qarab ham toifalarga (mikрofirma, kichik va yirik korxonalarga) ajratiladi.

Yüklə 35,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin