Izohli lug’at (glossary) Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi.
Bozor — sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm.
Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi.
1.Korxonaning bozor iqtisodiyotining xo’jalik sub’ekti maqsadi va vazifalari.
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o’z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o’z faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi.