Suyuqlikli bosim o’lchash vositalari reja: asosiy ma’lumotlar va tasnifi suyuqlikli bosim o‘lchash asboblari



Yüklə 65,75 Kb.
səhifə3/4
tarix27.03.2023
ölçüsü65,75 Kb.
#90295
1   2   3   4
SUYUQLIKLI BOSIM O

Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga o‘xshash, ammo ularda bosimni o‘lchashda kosadagi suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalqovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular, ko‘pincha, bosimning o‘zgarishini o‘lchash uchun ishlatiladi.
2- rasmda qalqovichli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga P1>P2 bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h2 ga pasayib, manfiy idishdagi sath h1 ga ko‘tariladi. R1–P2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustuning h uzunligi orqali muvozanatlashadi:

2 – rasm. Qalqovichli difmanometr sxemasi


h=h1+h2 ( 11)
Bosimlar farqiningg muvozanat sharti quyidagi tenglama orkali ifodalanadi:
P1-P2=∆P=h·g(ρ-ρ1) ( 12)
bu yerda, ∆R – bosimlar farqi, Pa; ρ – difmanometr ichidagi suyuqlikning zichligi, kg/m

Silindr shaklidagi idishlar uchun bu shart quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:


S1·h1=S2·h2 ( 13)
bu yerda, S1 – manfiy idish kesimining yuzasi, m2; S2musbat idish kesimining yuzasi, m2;

yoki
( 14)


bu yerda, d va D – manfiy va musbat idishlarning diametri, m.

( 14) tenglamadan


( 15)
( 15) tenglamni ( 11) ga qo‘ysak, quyidagiga ega bo‘lamiz:
( 16)
( 16) ni ( 12) ga qo‘yamiz
( 17)
Ma’lum asbob uchun (1 + ) va g(ρ -ρ1) kattaliklar doimiy bo‘lgani uchun ularni K va K1 orqali ifodalasak:
P1-P2=∆P=K·K1·h2 ( 18)
Shunday qilib, difmanometr idishlaridagi bosimlar farqi qalqovichning siljishi bilan ta’riflanadi. Agar musbat idishning hajmi o‘zgarmas bo‘lib, manfiy idishning diametri va uzunligi o‘zgartirilsa, bosimlar farqini o‘lchash chegaralarini o‘zgartirish mumkin. ( 11) va ( 15) tenglamalarni birgalikda yechib, manfiy idishning diametrini topamiz, ya’ni:
( 19)
( 19) tenglamadan D, h va h2 larning berilgan qiymatlarida manfiy idishning kerakli diametri aniqlanadi.
Qalqovichli difmanometrlarning turli maqsadlarga mo‘ljallangan xillari chiqariladi. Simob bilan to‘ldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o‘lchash chegarasi 6,3 dan 25 MPa gacha, ortiqcha bosimni o‘lchash chegarasi esa 4 dan 40 MPa gacha. Moy bilan to‘ldirilgan difmanometrlar uchun bosim farqini o‘lchash chegarasi 40 Pa dan 4 kPa gacha, statik ortiqcha bosimni o‘lchash chegarasi esa 0,25 MPa gacha. Texnik difmanometrlar 1 va 1,5 aniqlik sinfida chiqariladi. Qalqovich siljishi bosimning maksimal farqida difmanometrning barcha turlari uchun 30,5 mm ga teng.
Ko‘rsatishlarni 50 m dan ortiq masofaga uzatish zarur bo‘lgan hollarda elektr va pnevmatik o‘zgartkichli masofaga uzatuvchi difmanometrlar qo‘llanadi.
Asbobsozlik sanoati DP turidagi ko‘rsatuvchi va o‘zi yozar qalqovichli difmanometrlar ishlab chiqaradi. Yetti tur – o‘lchamli almashtiriladigan manfiy idishlar chiqariladi. Ular 25 MPa gacha statik bosimda 6,3 kPa dan 0,1 MPa gacha bo‘lgan bosmlar farqini o‘lchaydi. Asboblarning xatoliklari o‘lchash chegarasining ±2 % idan oshmaydi.
Yuqorida ko‘rilgan suyuqlikli manometrlarning va difmanometrlarning afzalligi ularning soddaligi va katta aniqlikda o‘lchashda ishonchliligidadir.
Qalqovichli difmanometrlarda to‘ldiruvchi ishchi suyuqlik sifatida simob, vazelin moyi, shuningdek, transformator moyi ishlatilar edi, ammo simobning zararliligi tufayli uning ishlatilishi keskin cheklangan, shuning uchun qalqovichli asboblar o‘rniga ko‘proq deformatsion asboblar ishlatilmoqda.



Yüklə 65,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin