Suyuqlikni aralashtirish usullari Plastmassalarni aralashtirish Sochiluvchan materiallarni aralashtirish


Suyuqlikni aralashtirish usullari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə2/9
tarix31.01.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#82043
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Suyuqlikni aralashtirish usullari Plastmassalarni aralashtirish (1)

Suyuqlikni aralashtirish usullari

Suyuqliklarni aralashtirish pnevmatik, stirkulyastiyali, statik va mexanik usullarida olib boriladi.


Pnevmatik aralashtirish uchun siqilgan gaz (ko`pincha siqilgan havo) suyuqlik qatlami orqali o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. Suyuqlik qatlamida gazni bir tekisda taqsimlash uchun barboter ishlatiladi. Barboterning teshikchali trubalari aralashtirgich tubiga o`rnatiladi. Bu usul o`rtacha qovushoqlikka (~200 Pa.s) ega suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi. Jarayon tezligi past va energiya sarfi ko`p bo`ladi.
Ayrim hollarda aralashtirishni injektorlar yordamida ham amalga oshiriladi. Ciqilgan havo yordamida aralashtirish uchun erlift prinstipini ham qo`llasa bo`ladi.
Aralashtirgichda suyuqlik erkin yuzasi birligidan vaqt birligida o`tayotgan gaz miqdoriga aralashtirish intensivligi deb ataladi.
Sanoatda quyidagi gaz sarflari ishlatiladi:
3-3 jadval

t/r

Aralashtirish intensivligi

Gaz sarfi, m3/(m2*min)

1.

Past

0,4

2.

¤rtacha

0,8

3.

Yuqori

1,2

Pnevmatik aralashtirish usulining qo`llanishi cheklangan bo`ladi, chunki ayrim hollarda zararli jarayonlar, ya’ni oksidlanish yoki mahsulotning bug`lanishi yuz berishi mumkin. Shuning uchun, ushbu usul gaz va suyuq fazalar o`zaro to`qnashuvi ruxsat etilgan hollarda ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.


3.48-rasmda pnevmatik aralashtirgichlarning ayrim konstrukstiyalari keltirilgan.
Agar, siqilgan havo qurilmaning pastki qismiga yuborilsa, unda erlift hosil bo`ladi (3.48a-rasm). Havo qurilmaning qanchalik yuqori qismiga uzatilsa, shunchalik siqish uchun energiya sarfi kam bo`ladi. Shuning uchun, havoni balandligi kam qatlamlarga yuborish kerak, ya’ni pnevmatik aralashtirish uchun diametri katta, balandligi kichik bo`lgan qurilmalarni qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Pnevmatik aralashtirish jarayonini intensivlash uchun qurilmalarda gazlift (erlift) trubalari o`rnatiladi. Ushbu trubalar suyuqlikni ko`p marta stirkulyastiya qilishini ta’minlaydi (3.48b-rasm). Buning uchun, ikki tomoni ochiq gazlift truba qurilma markaziga joylashtiriladi. Siqilgan havo gazlift trubasi ichiga uzatiladi va ko`tariluvchi oqim qanchalik katta bo`lsa, aralashish shunchalik samarali bo`ladi.
Issiqlikni uzatish va ajratib olish uchun gazlift va markaziy stirkulyastiya trubali qurilmalar yaratilgan (3.48v-rasm).


Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin