Suzish umumiy rivojlanish


Batterflyay (delfm) usuli haqida ma'lumot



Yüklə 19,8 Kb.
səhifə3/3
tarix03.12.2023
ölçüsü19,8 Kb.
#171897
1   2   3
SUZISH UMUMIY RIVOJLANISH

Batterflyay (delfm) usuli haqida ma'lumot.  Batterflyay usulida suzishning kelib chiqish va rivqjlanishi brass usuli bilan bog'liq. 1928 yilgi IX Olimpiada o'yinlarida birinchi marta filippinlik T.Indelfons songacha eshish harakatini narnoyish qilib (200m-2.56,4), bronza raedali sovrindori bo'lgan. 1934 yili sobiq sovet suzuvchilari V.Uvarov, D.Vladimirovlar burilish devoriga yaqinlashganda qo'llarini havodan olib o'tishni qo'llashdi. Shundan boshlab batterflyay nomi kelib chiqdi. 1935 yil fevralida amerikalik E.Xiggins 100 m ga birinchi marta batterflyay usulida suzib 1.10.8 natija bilan jahon rekordini 1,6 sekundga yaxshiladi. Brassning varianti ustida sovet suzuvchilaridan S.Boychenko va L.Meshkovlar ish olib borishdi. 1935 yilning kuzida S.Boychenko 100 m ga batterflyay usulida suzib, 1.08,0 natija bilan yangi jahon birinchiligini qo'ldan boy berishmadi. Batterflyayning ustunligi XV olimpiada o'yinlarida (1952) ma'lum bo'ldi. 
Bu 200 m final suzishlarida ishtirokchilarnin? batterflyay usulini qo'llashiga olib keldi. Shu sababdan 1953 yil yanvardan boshlab xalqaro suzish federatsiyasi qarori bilan batterflyay mustaqil suzish usuli sifatida ajratilib , oyoq harakatlarini vertika! yuzada yuqoridan pastga yo'nalishda bajarishga ruxsat berildi.
Batterflyay texnikasining keyingi takomillashgan varianti venger suzuvchisi D.Tumpek nomi bilan bog'liq. U oyoq harakati tarzini o'zgartirib, 1954 yili jahon rekordini -1.02,0 qo'iga kiritdi. Batterflyay usulida suzish texnikasining tezkor usuli «delfin» deb nomlandie Bunda gavda va oyoqlar vertikal yuzada to'lqinsimon harakatni bajargan. XVI Olimpiada o'yinlarida (1956) hamma sportchilar delfm usulida suzgan. Keyin (1957-1960) sportcha suzish usuli batterflyay (delfin) texnikasi rivoj lantirildi.
Tayanch iboralar
Hozirgi zamon olimpiya dasturi, suzishning olimpiya o'yinlariga kiritilishi, jahon suzish federatsiyasi, sportcha suzish turlariga o'zgartirishlar kiritilishi, yangi suzish turlarining kelib chiqishi.
Nazorat uchun savollari.
1. O'zbekistonda dastlabki suzish inshootlari qachon paydo bo'ldi?
2. O'zbekistonda suzish bo'yicha jumhuriyat Federatiyasi qachon tuzildi?
3. O'zbekistonlik sportchilar sportcha suzish bo'yicha qanaqa muvaffaqiyatlarga erisliganlar?
4. Mustaqillik davrida suzish sportiga e'tibor kuchayganligi to'g'risida nima bilasiz?
Yüklə 19,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin