Javob: Totalizator 50. Nil Geyman o’z qahramonining vazminligi haqida yozar ekan, shu priborni ham eslab o’tadi
Javob: Giroskop (Giroskop tez aylauvchi jism bo’lsada, aylanish o’qi bir holatda saqlanib qoladi)
Mavzu: Shaharlar 10. Janubiy Amerikadagi USHBU SHAHAR o’zining zamonaviy nomini ingliz qiroli Georg III sharafiga olgan
Javob: Jorjtaun (Gayana poytaxti – Janubiy Amerikadagi yagina inglizzabon mamlakat) 20. Garchi botanik bo’lmasada, bu shahar aholisi BARGLAR tarkibini bilishni sharaf deb biladi
Javob: Toronto (“Toronto Maple Leafes” jamoasi tarkibi nazarda tutilgan) 30. Bu shahar fuqarolari ichida iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureati Kristofer Pissarides va siyosatchi Fazil Kyuchyuk kabi mashhurlar ham bor
Javob: Nikosiya (Kipr – Gretsiya va Turkiya o’rtasida talash bo’lgan) 40. 18-asrda yozuvchilardan biri BU SHAHAR ni o’z harorati bilan mamlakatni isitib turuvchi yurakka qiyoslagan
Javob: New Castle (Bilasizki, bu shahar Angliyada ko’mir markazi hisoblanadi) 50. 1923-yildan beri xalqaro xokkey turniri – Shpengler Kubogi aynan SHU SHAHARDA o’tkazilib kelinadi
Javob: Davos
2-GURUH UCHUN SAVOLLAR (FULL)
Mavzu: Avtomobillar 10.Inglizcha hazilda, bu abbreviatura “Uni yana ta’mirla, Tony” deya rasshifrovka qilinadi
Javob: FIAT (Fix it again, Tony) 20. Javobda avtomobil markasi aytilishi kerak. 2006-yilda AYNAN SHU avtomobil uchun maxsus bo’yoq – “Kazino-Ays” ishlab chiqildi
Javob: “Aston-Martin” (Jeyms Bond avtomobili) 30. Bu mamlakatda ishlab chiqilgan eng dastlabki avtomobil “Anadol” deb nomlangan
Javob: Turkiya (Turkiyaning tarixiy viloyati – Anatoli sharafiga) 40. “Amilkar Grend-sport” avtomobilining qo’qqisdan start olishi SHU VOQEAGA sabab bo’lgan edi
Javob: Aysedora Dunkanning [ro’moli g’ildirakka o’ralib qolishi natijasida] o’lishi