Swot tahlil biznesni busiz boshlash taqiqlanadi!



Yüklə 27,95 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü27,95 Kb.
#181805
  1   2   3   4
Swot tahlil biznesni busiz boshlash taqiqlanadi!


Tursunaliyev Botirjon

SWOT TAHLIL - BIZNESNI BUSIZ BOSHLASH TAQIQLANADI!

”SWOT" tahlili bu strategik rejalashtirish va qaror qabul qilishda yordam beradigan usul hisoblanadi.


“SWOT” so‘zi quyidagi inglizcha so‘zlarning qisqartmasidan olingan:
S – Strengths (Kuchli tomonlar);
W – Weaknesses (Zaif tomonlar);
O - Opportunities (Imkoniyatlar);
T - Threats (Xavflar).

Siz o‘z loyihangiz g‘oyasini aniqlaganingizdan keyin, uni tahlil qilishingiz kerak. Ya’ni kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlashingiz lozim. Bu bir qarorga kelishingiz va rejalashtirishingizni osonlashtiradi.


Masalan, loyihangizning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyiha oldida qanday xavflar bo‘lishi mumkinligini oldindan aniqlashda “SWOT” tahlili sizga yordam beradi. Shu bilan birga, tahlil orqali aniqlangan muammolarga oldindan ta’sir qilishingiz mumkin bo'ladi.
"SWOT” tahlilini oson tushunish uchun uni 4 katakli jadvalda namoyish etamiz. Tepadagi ikki katakda kuchli tomonlar va zaif tomonlar ifodalangan va ular ichki omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka imkoniyatlar va xavflar qo‘yilgan va ular tashqi omillar deb ataladi.
“SWOT” tahlili quyidagi savollarga javob topishda qo‘l keladi:
Ushbu loyihani amalga oshirishda o‘zingiz yoki tashkilotingizning kuchli tomonlari yoki farqli afzalliklari nimada?
O‘zingiz yoki tashkilotingizning zaif va nozik tomonlari nimada? Aniqlangan kamchiliklar orasida qaysi birini birinchi o‘rinda bartaraf etishga harakat qilishingiz kerak?
Loyihaning samarali amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
Loyihani amalga oshirishda qanday to‘siqlar va xavf-xatarlar bo‘lishi mumkin? Ularning oldini olish uchun nima qilish kerak?
Quyida bir misol orqali biz “SWOT” tahlilini o‘tkazamiz.

A’zamjon Dang'‘arada sog'lomlashtirish markazini ochmoqchi. Uning fikricha, sog‘lomlashtirish markazi barcha shahardagi bekorchi yoshlarga sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini o‘rganish va o‘z sog‘liklarini tiklashga yordam beradi. Shu bilan birga, sog‘lomlashtirish markazi yangi ish o'rinlari yaratadi va turli sport, uqalash (massaj) kabi kurslarni taqdim etadi.





Yüklə 27,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin