Xavflar (Threats):
Yo‘naltiruvchi savollar:
Loyihani amalga oshirishda nimalar to‘sqinlik qilishi mumkin? Qonuniy to'‘sqinliklar bormi? Raqobatchilaringizdan qanday xavf bor?
* Ish yuritishga litsenziya olish qiyin bo‘lishi mumkin.
* Yoshlarni qiziqtira olmasligimiz mumkin.
* Xarajatlarni to‘la qoplaguncha ancha vaqt kerak bo‘ladi. Bu payt ichida oyliklarni oshira olmaymiz. Natijada ishchilarning ishtiyoqi kamayadi va bu, o‘z navbatida, xizmatlarimizning sifatiga ta’sir qilishi mumkin.
* Raqobatchilar shu kabi markaz ochishlari mumkin va buning natijasida bizning mijozlarimiz kamayadi.
Savollarga javob yozishda javoblaringizning sub’ektiv bo‘lishini esdan chiqarmang. Shuning uchun bu mashqqa boshqalarni ham jalb qiling. Ularning fikrlari siznikidan boshqacha bo‘lishi mumkin va ular sizning e’tiboringizdan qochgan tomonlarni ko‘rsatishi mumkin. Kamchilik va zaifliklar haqida yozganingizda faqat rostini yozing. Bu sizga to‘g‘ri qaror qabul qilishda va kelajakdagi yo‘qotishlarning oldini olishda yordam beradi.
Javoblaringizni mos kataklarga joylashtirib, tahlil qilishni boshlang. Ishni javoblaringizga baho berishdan boshlashingiz mumkin. Ya’ni, ularga, muhimligiga qarab, 1 dan 3 gacha baho bering (3 – muhimligi eng kam).
Kuchli tomonlar
* O‘zimning kuchli qobiliyatlarim
* Tajribam
* Tanishlarim
* Tashkilotimning mashhurligi
Zaif tomonlar
Remont qilish kerak
Yoshlarning qiziqishi bo‘yicha ma’lumot yo‘q
Mutaxassislar yo‘q
Ichki omillar
Imkoniyatlar
Xech kim qilgani yo‘q bu ishni
Jamg‘armalar grant bermoqda
Yoshlarga imkoniyat.
Xavflar
Litsenziya olish qiyin bo'lishi mumkin
Yoshlarni jalb qila olmasligimiz mumkin
Raqobatchilar shu kabi markaz ochishlari mumkin
Tahlil natijasida kuchli tomonlar va imkoniyatlar kuchliroqmi yoki kamchiliklar va to‘siqlarmi, shuni aniqlaysiz. Shundan so‘ng imkoniyatlardan to‘la foydalanish va xavflarni kamaytirish bo‘yicha strategiya tuzishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |