O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 25-moddasiga asosan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o’tish maqsadlariga bog’liq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi:
Eksport
Reeksport
Vaqtincha olib chiqish
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash
Erkin muomalaga chiqarish (import)
Reimport
Vaqtincha olib kirish
Bojxona hududida qayta ishlash
Vaqtincha saqlash
Bojxona ombori
Erkin ombor
Erkin bojxona zonasi
Boj olinmaydigan savdo
Bojxona tranziti
Yo’q qilish
Davlat foydasiga voz kechish
Bojxona kodeksining 26-moddasi bilan bojxona rejimini tanlash va o’zgartirish tartibi belgilangan.
Bojxona kodeksining 26-moddasi bilan bojxona rejimini tanlash va o’zgartirish tartibi belgilangan.
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o’tilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi.
Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga mo’ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga o’zgartirishga haqli.
Bojxona rasmiylashtiruvi
Eksport qilinadigan yoki import qilinadigan tovarlarningbojxona rasmiylashtiruvi yuk jo‘natuvchi va/ yoki yuk oluvchining taqiq va cheklovlarga rioya qilish, yuk aylanmasini nazorat qilish uchun o‘rnatilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni (TIF) davlat tomonidan tartibga solish normalariga va qoidalariga rioya qilish majburiyatini yuklaydi va quyidagilarni nazarda tutadi: