13-bob. Talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga o‘tkazish mexanizmlari 85.
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni
sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga
kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan
hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu
nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Oraliq va yakuniy nazoratlar bo’yicha fanlarni o’zlashtirmagan (kredit
olmagan) talabalar uchun qayta topshirish bir marta — tegishli nazoratlardan keyin
va darsdan tashqari vaqtlarda bir oy muddatda o’tkaziladi. Ushbu muddatda
o’zlashtirmagan hamda yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan,
shuningdek, ushbu nazorat turi bo’yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik
qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida
tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-
kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng
o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
86. Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga
olgan holda amalga oshiriladi. Kursdan kursga o‘tkazish uchun minimal GPA
ko‘rsatkichi 2,8 hisoblanadi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish
uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha
akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan
kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga mos
ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta
o‘qish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga
o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga o‘qishga
qabul qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi.
Ta’lim oluvchining GPA qiymatini hisoblash fakultet dekanlari tomonidan
amalga oshiriladi va natijasi bo’yicha ma’lumotlar O’quv-uslubiy boshqarmaga
taqdim etiladi.
87. Ta’lim oluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida
o‘qishni qayta tiklash va ko‘chirish huquqiga ega. Ta’lim oluvchi tomonidan
chetlashtirilgunga qadar o‘zlashtirgan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi