T a s d I q L a y m a n


-bob. O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini



Yüklə 346,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix07.01.2024
ölçüsü346,25 Kb.
#206952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
BuxDU Akademik qoidalar

5-bob. O‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini 
ta’minlash 
17. O‘quv jarayoni o‘quv va nazorat tadbirlari majmuini o‘z ichiga oladi. 
O‘quv tadbirlarida barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlari, amaliyot va mustaqil 
ishlarning tashkil etilishi nazarda tutiladi. Nazorat tadbirlari ta’lim oluvchilarning 
o‘quv rejasidagi tegishli fanlar bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirishini va ularning 
natijalarini baholashni nazarda tutadi. 
18. O‘quv jarayoni talabalar, ish beruvchilar, o‘qituvchilar va ma’muriyat 
o‘rtasida ochiq muloqot shaklida talabaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim 
standartlarini inobatga olgan holda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda ish beruvchilar 
va talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar 
ta’lim dasturining yaratilishi va o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan muhokamaga 
jalb etilishi mumkin. Bunday bahslarda talabalar vakillari ovoz berish huquqi orqali 
ishtirok etishlari mumkin.
19. O‘quv jarayonini rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
namunaviy o‘quv rejasi va fanlar katalogini ilg‘or xorijiy ta’lim tajribasi 
asosida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, kadrlar 
iste’molchilari talablari va milliy qadriyatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish 
hamda qo‘shimcha ravishda tanlov fanlar katalogini shakllantirish, mahalliy va 
xorijiy yangi avlod adabiyotlariga tayangan holda fanlar katalogi bo‘yicha 
namunaviy fan dasturlarini ishlab chiqish; 
fanlarning ishchi dasturini (sillabusni) ishlab chiqish; 
o‘quv rejasi va tanlov fanlari ro‘yxatiga mos ravishda guruh murabbiyi 
yordamida o‘quv-metodik bo‘lim (boshqarma) va fakultet dekani nazorati ostida har 
bir talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish; 
ishchi o‘quv rejalarini tuzish; 
o‘quv jarayoni jadvalini tuzish; 


akademik guruhlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish. 
20. Semestr davomida talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlar 
miqdori o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. 
Majburiy fanlar tarkibi va ularni o‘rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori tayanch 
oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Tanlov fanlari tarkibi va ularni 
o‘rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi tomonidan 
mustaqil belgilanadi. Talabalar shaxsiy ta’lim trayektoriyasida belgilangan tanlov 
fanlari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin. 
21. O‘quv yili davomiyligi 36 haftagacha bo‘lib, shundan 30 haftasi 
akademik davrga, 2 haftasi fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tishga, 4 haftasi 
attestatsiyalarga ajratiladi. O‘quv yili davomiyligi o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq 
Universitet kengashining qarori bilan o‘zgacha tartibda belgilanishi mumkin. 
Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 30 akademik soatlik o‘quv 
yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun 
ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi 
bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga, 
magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga 
(malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba 
odatda bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi. 
Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi 
o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Talaba 
o‘zining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30 
kredit hajmidagi fanlarni o‘zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy 
o‘quv rejasidagi majburiy fanlar bo‘lishi shart. 
Talaba bakalavriatda o‘qish muddati kamida 3 yil bo‘lganda 180 kredit, 
o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur. Magistraturada 
o‘qish muddati kamida 1 yil bo‘lganda 60 kredit, o‘qish muddati kamida 2 yil 
bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi. 
22. O‘quv jarayonining monitoringi ta’lim olishning belgilangan natijalariga 
erishish, nominal mehnat hajmi hamda ularning haqqoniyligi va mosligini baholash 
maqsadida o‘tkaziladi. 
23. Ta’lim sifati samaradorligini ta’minlash Universitet tomonidan amalga 
oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ta’lim 
dasturining vakolatli tashkilotlar tavsifnomalari va talablariga moslikni ta’minlash 
jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobatni 
shakllantirish maqsadida Universitet kengashi qaroriga asosan talabalarga fan 
doirasida professor-o‘qituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar 
ta’limni boshqarish axborot tizimi portali orqali o‘quv semestri boshida 1 hafta 
muddat davomida o‘zi tanlagan professor-o‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashish 
uchun onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tadi. Professor-o’qituvchi biriktirilishi akademik 
guruhlar shakllanishi o’quv yuklama taqsimoti imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga 
oshiriladi. 
24. Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik 


qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr Universitet tomonidan ta’til vaqtida 
pulli asosda tashkil etiladi. 
Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida bakalavriat ta’lim 
yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va kurslar bo‘yicha belgilanadi. 
Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi: 
talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar fakultet dekaniga o’zining yozgi 
semestrda o’qish istagini bildirib, Akademik qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan 
namunadagi ariza bilan murojaat qiladi. Fakultet dekani talabalardan tushgan 
arizalarni umumlashtirib, O’quv-uslubiy uslubiy boshqarmaga taqdim etadi; 
fakultet dekani ushbu talabalarga yozgi semestr uchun dars jadvalini tuzadi 
va talaba to‘lov pulini to‘laganidan so‘ng darslarga kiritiladi
yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof 
baholash tamoyiliga ko‘ra tashkil qilinadi. 
Yozgi semestrga jalb qilingan professor-o‘qituvchilarga soatbay asosida ish 
haqi to‘lanadi.

Yüklə 346,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin