Milliy dasturga quyidagi fanlar
kiradi
:
ingliz tili, texnologiya va dizayn, geografiya, matematika, informatika,
musiqa, tabiatshunoslik, chet tillari, san’at, jismoniy tayyorgarlik, tarix.
Milliy dastur 4 bosqichga bo’linadi va «Bosqichlar» deb ataladi, bu bolaning
yoshiga bog’liq:
5-7 yoshdagi (1-bosqich) bolalar milliy bosqichdagi barcha fanlar o’rgatiladi/
7-11 yoshdagi (2-bosqich) bolalar chet tillaridan boshqa barcha fanlarni
o’rganadilar.
11-14 yoshdagi (3-bosqich) bolalar quyidagi majburiy fanlarni o’rganadilar:
matematika, ingliz tili tabiatshunoslik, chet tili, texnologiya. Ular qo’shimcha hech
bo’lmaganda bitta ijtimoiy fanni o’rganishlari kerak: geografiya yoki tarix,
shuningdek, san’at bo’yicha biror fanni: san’at, jismoniy tarbiya yoki musiqa.
Maktab jadvali bo’yicha bolalar xohishlariga qarab barcha ijtimoiy va san’at
fanlarini o’rganishlari mumkin.
Keyingi ta’lim (studentlarning) 16 va undan katta yoshdagi
talabalarning oliy
o’quv yurtlariga kirish uchun jadal tayyorlaydigan turli kurslarda
o’qishlariga
mo’ljallanadi. Bunday ta’lim turli fanlar bo’yicha tayyorlaydigan,
texnika va tijorat
fanlarining eng quyi darajadan boshlab, to yo’naltirilgan
kurslargacha, biznes
sohasida, ma’muriyatchilik va xo’jalikning nufuzli doiralarida yuqori
malakali
xodimlar tayyorlashga yo’naltiradigan «keyingi ta’lim» kollejlarida
bo’lishi
mumkin. Shuningdek, o’qishning davomi nokasbiy yo’nalishdagi
kurslarda ham
bo’lishi mumkin. Ularga ixtisoslashtirilgan GCSE va «A» level
kurslari ham
tegishlidir. Kunduzgi o’qish kurslariga qo’shimcha tarzda o’qishni ish
bilan birga
olib boruvchilar uchun qator sirtqi va kechki kurslar ham mavjud.
Oliy ta’lim
Oliy ta’lim «A» 1eve1dan yuqori darajadagi ta’limning har
qanday turini o’z
ichiga oladi. Bunday ta’lim universitetning turli kurslarida,
kollejlarda, oliy ta’lim
institutlarida (shu jumladan pedagogika institutlari),
shuningdek, keyingi ta’lim
institutlarida ham bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda Buyuk
Britaniyada 89 ta
universitet mavjud (shu jumladan oliy ta’limning 1992 yildagi
Aktiga muvofiq
tashkil etilgan 39 ta «yangi» universitetlar ham) bo’lib, ular
sobiq politexniklarga
o’z fanlari bo’yicha daraja berishga va universitet nomini olib
yurishga yo’l beradi.
Universitetga kirish
Universitetlar va kollejlarga barcha rasmiy talablar UCAS (Universities and
Colleges Admission Service) - oliy ta’limning Britaniya universitet va
kollejlariga
agentlik kabi harakatdagi markaziy organi orqali uzatiladi. UCAS savollarni
sentyabrning boshlari va dekabrning o’rtalarida bo’lgan oraliqda, oliy o’quv
muassasalarida o’qishga keyingi yilning oktyabridan qabul qiladi.
Kechikkan
talablar 30 iyungacha uzatilishi mumkin, lekin bu davrda OO’Yularida
bo’sh joylar
anchagina qisqaradi va OO’Yularining tanlovi cheklanadi.
Abiturient turli universitetlardan ko’pi bilan 6 kursni tanlaydi va ularni
UCAS
qayd qiladigan shaklda ko’rsatib beradi. Afzalliklar tartibi belgilanmaydi.
UCAS dagi har bir talab detallar qaydnomasi shaklida kompyuterga
kirgiziladi va talablar nusxalari unda ko’rsatilgan universitetlarga
jo’natiladi.
Hap qaysi universitet rasmiy talabni qarab chiqadi va abiturientni
suhbatdan
o’tishga chaqirishi mumkin, shundan keyin universiteta taklif etish haqida
qaror
qabul qiladi.
Odatda bunday taklif «shartli» bo’ladi va bu shartlar har yili avgustning
uchinchi haftasida e’lon qilinadigan «A» level imtihonlarining natijalari
hisoblanadi.
UCAS abiturientlarga qaror va har bir tanlangan universitetning o’tish
balini
e’lon qiladi.
Qachonki tanlangan universitetlar o’zlarining qarorlarini e’lon qilsalar,
abiturient ko’pi bilan ikkita taklifni tanlashi mumkin. Takliflardan biri
asosiy va
ikkinchisi esa «har ehtimolga qarshi» bo’ladi.
«A» level imtihonlarining natijalari e’lon qilinganda, (avgustning uchinchi
haftasida) universitetlar abiturient qabuli haqida yakuniy qaror qabul
qiladilar.
«A» level imtihonlari bo’yicha kerakli ballarni to’plagan barcha
abiturientlar
universitetga qabul qilinishlari shart.
«A» level imtihonlarida etarli ball yig’olmagan abiturientlar universitet
ixtiyori bilan unga qabul qilinishi mumkin.
Tanlangan universitetlardan taklif olmagan yoki kech (1 iyuldan so’ng)
murojaat qilgan abiturientlar keyingi tanlov bosqichida qatnashishlari
mumkin.
|