T. Malikov O. Olimjonov moliya


AQShning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini milliy valyuta kursi(qadri)ga ta’siri



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə211/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

AQShning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini milliy valyuta kursi(qadri)ga ta’siri



Ko’rsatkichlar


E’lon qilish davri



Ko’rsatkichning o’zgarishi


Milliy valyuta kursi (qadri)ning

o’zgarishi



Iqtisodiy mazmuni va ta’sir ko’rsatishi

Yalpi ichki mahsulot (YaIM) (GDP - Grossdomesticproduct)


Har chorak


O‘sishi

Oshadi

Mamlakatning investitsiyalarni jalb etish jozibadorligi ortadi



Savdo balansi (Tradebalance)



Har oy

Salbiy qoldiq (saldo)ning

o’sishi(defitsitning ko’payishi)


Pasayadi

Markaziy bank va hukumatning pul siyosatiga, eksport va import operatsiyalari bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar daromadiga ta’sir ko’rsatadi


Iste’mol narxlari indeksi (Consumerpriceindex (CPI))


Har oy

O‘sishi

Pasayadi


Chakana savdo mahsulotlari narxida inflyatsiya darajasini ko’rsatadi


Sanoat mahsulotlari narxi indeksi(Producer price index (PPI))


Har oy

O‘sishi

Pasayadi


Ulgurji savdo mahsulotlari narxida inflyatsiya darajasini ko’rsatadi


Iqtisodiyotning qishloq ho’jaligidan tashqaridagi tarmoqlarida yaratilgan yangi ish o’rinlari miqdori


(Nonfarm payrolls)



Har oy

O‘sishi

Oshadi

Mamlakatdagi aholining mehnat bilan bandligini ko’rsatadi va ishsizlik darajasidan darak beradi


Ishsizlik darajasi (Unemployment rate)


Har oy

O‘sishi

Pasayadi


Mamlakatdagi aholining mehnat bilan bandligini ko’rsatadi


Ishsizlik bo’yicha nafaqa olish uchun berilgan arizalar (Jobless claims (Initial


claims))

Har oy

O‘sishi

Pasayadi


Mamlakatdagi aholining mehnat bilan bandligini ko’rsatadi


Chakana savdo (Retail sales)


Har oy

O‘sishi

Oshadi

Iste’molchilarning xarajatlarini va unga mos ravishda
daromadlarini, shuningdek korxonalar foydasini ko’rsatadi.


Uzoq muddatli (odatda 3 yildan ortiq) foydalanish uchun mo’ljallangan (qimmat) mahsulotlarga buyurtmalar


(Durable goods orders)



Har oy

O‘sishi

Oshadi

Iste’molchilar daromadlarini, korxonalar foydasini, shuningdek


ularning uzoq muddat davomida daromad, yoki foyda olishlariga ishonchini ifodalaydi.


Yangi turar-joy, uylarni qurish (Housing starts)


Har oy

O‘sishi

Oshadi

Iste’molchilarning uzoq muddatli davriy oraliqda ko’p daromad
olishlarini anglatadi


Sanoat sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish (Industrial production)


Har oy

O‘sishi

Oshadi

Mamlakatdagi ishlab chiqarish darajasini ko’rsatadi va unga
investitsiyalarni jalb etish jozibadorligini oshiradi


Chikagodagi menejerlar uyushmasining (Chicago PMI index)140, Filadelfiyadagi Federal zaxira bankining (Philadelphia Fed index)141ish faolligi, Michigan universitetining iste’molchilarning iqtisodiy ruhiyati* (Michigan consumer


sentiment Index), shuningdek, iste’molchilarning ishonch (Consumer confidence index) indekslari


Har oy

O‘sishi

Oshadi


Valyuta bozori ishtirokchilari va investorlar psixologiyasiga ta’sir ko’rsatadi

Fond bozori indekslari: DJI - (The Dow Jones Industrial); S&P – 500; NASDAQ-


100; FTSE; Xetra DAX; Nikkei-225


Doimiy

O‘sishi

Oshadi

Bozor iqtisodiyotining “barometri” bo’lib, ularda mamlakat
iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi barcha hodisalar o’z aksini topadi


Federal zaxira tizimining qayta moliyalash stavkasi (Federal funds and Discount


rates, iqtisodiy ko’rsatkichlarni baholashda asosiy foylaniladigani - Federal funds rate)



Doimiy

O‘sishi

Oshadi

Kreditlash hajsi qisqaradi, muomaladagi dollar miqdori kamayib, uning qadri ortadi




140 Purchasing Manager Index PMI – xarid bo’yicha menejerlarning kutishi indeksi bo’lib, sanoat, yangi byurtmalar, takliflar va ish bilan bandlik indekslaridan tashkil topadi va Chikago Menedjerlar Assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Agar indeks ko’rsatgichi 50 punktdan ortiq bo’lsa ish faolligi yuqoriligidan dalolat beradi. Ushbu ko’rsatkich Chikagoda kompaniyalarning mahsulotlar ishlab chiqarish faolligini bashoratlash va ular bo’yicha investitsion qarorlar qabul qilish imkoniyatini taqdim etadi.

141 Philadelphia Fed Index , - Filadelfiyadagi Federal zaxira bankining ish faolligi indeksibo’lib, AQShning Pensilvaniya, Nyu-Djersi va Delaver hududlarida umumiy iqtisodiy holatni ko’rsatuvchi indeks hisoblanadi. U joriy iqtisodiy holatga xududdagi ishlab chiqaruvchilarning munosabatini ifodalaydi, so’rovnomalar natijasida har oyda e’lon qilinadi. Agar indeks “0”dan yuqori bo’lsa, hududda iqtisodiy faollik ortayotganidan, agar indeks manfiy, ya’ni “0”dan kichik bo’lsa, aksincha iqtisodiy faollikning pasayib borayotganidan dalolat beradi. Indeks sarmoyadorlar tomonidan investitsion qarorlar qabul qilishda muhim rol o’ynaydi.

Oxirgi har ikkala indeks iste’molchilarning joriy iqtisodiy holatga ishonchini va bugungi kundagi xarajatlarga moyilligi yoki xohishini ifodalaydi. Iste’molchilar xarajatlarining ortishi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi.
Valyutalarning eng asosiy xususiyatlaridan biri bu uning konvertatsiyasi, ya’ni ayirbolanish qobiliyati hisoblanadi. Valyuta konvertatsiyasi bu milliy valyutaning xorijiy valyutaga erkin ayirboshlanish, xorijiy mahsulot va xizmatlarni to’lash qobiliyatidir.
Valyutalar konvertatsiya darajasiga qarab, asosan 3 turga bo’linadi:
  1. Erkin konvertatsiya qilinadigan;


  2. Qisman konvertatsiya qilinadigan;


  3. Konvertatsiya qilinmaydigan.





Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin