Balans foyda – mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha xarajatlar va chiqimlar hamda majburiy to’lovlar chegirilganidan so’nggi korxona yalpi daromadining qismi. Balans foyda soliqqa tortilgunga qadar bo’lgan yalpi foydadir.
Byudjetnoma - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirli- gining boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqadigan hamda quyidagilarni o’z ichiga oluvchi loyihaviy hujjat: 1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish joriy yilgi yakunlarining prognoz (bashoratli) bahosi; 2) o’tgan yilgi Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi; 3) kelgusi yilga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tuzishda asos bo’lgan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar; 4) mamlkat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlari loyihasi; 5) mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlariga sharhlar; 6) davlat tashqi va ichki qarzlari hamda ular bo’yicha xarajatlar holati to’g’risidagi ma’lumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqoridagilarni o’z ichiga oluvchi byudjetnoma loyihasini har yilning birinchi oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim. Shuningdek, byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi noyabridan kechiktirilmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishi kerak.
Byudjet jarayoni –Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solish bo’yicha qonunchilik bilan reglamantatsiya qilingan hokimiyat organlarining faoliyati. Yagonalik, mustaqillik va balans metodi byudjet jarayonining printsiplaridir.