Moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari va ularni oshirish yo’llari
Moliyaviy barqarorlikning tahlili absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar, ya’ni moliyaviy koeffitsientlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy koeffitsientlarni hisoblash uchun axborot (informatsion) bazasi sifatida buxgalteriya hisoboti xizmat qiladi. Bu
koeffitsientlar balans tuzilgan sanada hisoblanadi va dinamik ko’rinishda tahlil qilinishi mumkin.
Eng umumiy ko’rinishda XYuSning moliyaviy barqaror-ligini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi:
qarz va o’z mablag’larining nisbati koeffitsienti.
Avtonomlik koeffitsientiXYuSning barcha mulkiga joylashtirilgan o’z mablag’larining barcha mablag’larning umumiy summasidagi hissasi (salmog’i)ni ko’rsatadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
Ka = O‘ k : Bb Bu yerda: K a - avtonomlik koeffitsienti;
O‘ k - o’z kapitali (“Kapital va rezervlar” deb nomlanuvchi balans Sh bo’limining jami)
B b - balans valyutasi (o’z va qarz kapital
yig’indisi, ya’ni moliyalashtirishning umumiy summasi).
XYuSning moliyaviy ahvoli avtonomlik koeffitsien-tining darajasi 0,5dan kichik bo’lmagan holda barqaror deb hisoblanadi. Bu XYuSning yarim mulki uning o’z mablag’lari hisobidan shakllanganligini anglatadi. Avtonomlik koef-fitsientining o’sishi moliyaviy barqarorlikning oshganli-gidan dalolat beradi.
Qarz kapitalning kontsentratsiyalashuvi koeffi-tsientiqarzning kapital umumiy summasidagi salmog’ini aniqlab beradi va uni formula yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:
K qk = Q k : B b Bu yerda: K qk - qarz kapitalning kontsentratsiyalashuvi koeffitsienti;