T. Malikov O. Olimjonov moliya


O‘ ам - o’z aylanma mablag’lari; O‘



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə106/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

O‘ ам - o’z aylanma mablag’lari;

O‘ к - o’z kapitali.
Bu koeffitsient o’z kapitalining qancha qismi joriy faoliyatni moliyalashtirishda foydalanilayotganligi va qancha qismi kapitallashtirilganligini ko’rsatadi. Uning 0,5ga teng bo’lgan darajasi optimal hisoblanadi
Zarur bo’lgan hollarda XYuSning moliyaviy barqaror-ligini xarakterlaydigan boshqa ko’rsatkichlardan ham foydalanish mumkin.
XYuS moliyaviy barqarorligini oshirishning omillari quyidagilardan iborat:

    • asosiy va aylanma mablag’larning mazmunini optimal- lashtirish: innovatsion texnologiyalar sotib olishni ko’pay-tirish, tugallanmagan ishlab chiqarishni qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish;


    • XYuS pul-hisob-kitob o’zaro aloqalarining samarador-ligini oshirish;


    • oqilona baho siyosati va foydani taqsimlashni opti-mallashtirish;


    • muvaffaqiyatli moliyaviy strategiyani amalga oshirish-ni, XYuSning sog’lom (normal) ishini ta’minlovchi moliya-viy resurslarni shakllantirishning mumkin bo’lgan variant-larini asoslash.



Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


    • XYuSlarning moliyaviy barqarorligi tushunchasi nimani anglatadi?


    • Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida nimalar yotadi?


    • Moliyaviy barqarorlikning tahlili tahlil davri mobaynida XYuS o’zining moliyaviy resurslarini qanday vazifalarni yechish uchun qanchalik to’g’ri boshqarganligini aniqlashga imkon beradi?


    • XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga qanday omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi va ular qanday belgilariga ko’ra tasniflanadi(klassifikatsiya qilinadi)?


    • Vujudga kelish joyiga qarab XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar qanday guruh-larga bo’linadi?


    • Natijasining muhimligiga ko’ra moliyaviy barqaror-likka o’z ta’sirini ko’rsatuvchi omillar qanday guruhlardan tashkil topadi?


    • Tarkibiy tuzilmasi bo’yicha XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar qanday ikki guruhdagi omillardan tarkib topadi?


    • Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqaror-likka o’z ta’sirini ko’rsatuvchi omillarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?


    • XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi asosiy ichki omillarga nimalar kiradi?


    • Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omil-larni aytib bering.


    • XYuSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga bog’liq ravishda barqarorlik qanday guruhlarga bo’linadi?


    • Ichki, tashqi va umumiy barqarorlikning mazmuni nimada?


    • Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning vazi-falarini aytib bering.


    • O‘z aylanma mablag’lari, zaxiralar va xarajatlarni shakllantirishning boshqa manbalari ko’rsatkichlarining nisbatiga va zaxiralarning miqdoriga bog’liq ravishda XYuSlar moliyaviy barqarorligining qanday tur(tip)larini ajratib ko’rsatish mumkin?


    • Absolyut moliyaviy barqarorlik, sog’lom (normal) moliyaviy barqarorlik, beqaror moliyaviy ahvol va inqirozli moliyaviy holatlar nimani anglatadi?


    • Moliyaviy holatni aniqlash uchun qanday moliyaviy tahlil o’tkaziladi?


    • Moliyaviy tahlilning maqsadi nimalardan iborat?


    • Moliyaviy barqarorlikning tahlili nimalar yordamida amalga oshirilishi mumkin?


    • Eng umumiy ko’rinishda XYuSning moliyaviy barqaror-ligini qanday ko’rsatkichlar xarakterlaydi?


    • Avtonomlik koeffitsienti, qarz kapitalining kontsen- tratsiyalashuvi koeffitsienti, qarz va o’z mablag’larining nisbati koeffitsientlari qanday hisoblanadi?


    • XYuS joriy faoliyatining moliyalashtirish o’z manba-lari, ya’ni o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganligi qanday koeffitsientlar yordamida baholanadi?


    • Zaxiralar va xarajatlarning o’z kapitali bilan ta’-minlanganlik koeffitsienti, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti, o’z kapitalining manyovrlilik koeffitsient-lari qanday hisoblanadi va ular nimalarni anglatadi?


    • XYuS moliyaviy barqarorligini oshirishning omilla-rini tushuntirib bering.



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin