T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

3- 
bob. Moliyaviy tizim 
3.1. Moliyaviy tizimning sohalari va 
bo’g’inlari 
 
Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllana-digan va 
foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui 
moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: 
davlat va korxona-larning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va 
foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim 
deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: Xo’jalik 
sub’yektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining 
pul 
mablag’larini 
taqsimlaydigan 
va 
ishlatadigan 
moliya 
munosabatlarining bir-
biri bilan bog’liq va birgalikda harakat 
qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va sohalarining yig’indisi 
moliyaviy tizim 
deyiladi”. 
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” 
tushunchasining 
taraqqiyoti 
natijasidir. 
Mamlakatda 
bozor 
islohotlarining amalga oshirilishi va printsipial jihatdan butunlay 
yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq 
etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlariga nisbatan 
ob’yektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqozo etdi. Unga muvofiq 
ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga 
bo’linadi
27


davlat moliyasi va mahalliy moliya;


xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi.

O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va 
daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga 
bog’liq ravishda bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, 
davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil 
topishi mumkin: 

davlat byudjeti;


byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;


davlat krediti.

Shuningdek, 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi quyidagi 
bo’g’inlardan iborat: 

tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;

27
Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari
ko’pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi. Leningrad (hozirgi 
Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy 
E.A., Jevtyak P.N., Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) 
fikriga ko’ra, moliyaviy tizim odatda, ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va 


xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan 
iborat bo’lgan. Moskva maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy 
P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) fikricha 
esa, moliyaviy tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy 
ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish 
sohasi moliyasi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham 
SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy 
siyosatga mazmunan mos kelgan edi. 


Xo’jalik yurituvchi 
sub’yektlar moliyasi 
Davlat moliyasi va 
mahalliy moliya 
Davlat 
krediti 
Notijorat tashkilotlar 
moliyasi 
Byudjetdan tashqari 
davlat 
Maqsadli fondlari 
Moliyaviy vositachilar 
moliyasi 
Davlat 
byudjeti 
Tijorat korxona-lari va 
tashkilot-lari moliyasi 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin