T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

3.2. Yetakchi 
xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy 
tizimi 
 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi 
moliyaviy munosabatlarning quyidagi 
bo’g’inlaridan iborat: 

davlat byudjeti tizimi; 

davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kre-ditlari, federativ 
davlatlarda esa 
– federatsiya a’zo-larining krediti; 



maxsus fondlar; 

davlat korporatsiyalari moliyasi. 
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), 
eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) 
davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat: 

davlat byudjeti; 

ko’p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq 
okruglari byudjeti). 
Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar 
o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining 
tarkibiga kirmaydi. 
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan tarkib 
topgan: 

davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti); 

federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti, 
Kanadada 
– provintsiyalar byudjeti, GFRda – erlar byudjeti, 
Shveytsariyada 
– kantonlar byudjeti va h.k.); 

mahalliy byudjetlar. 
Mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan 
federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o’z navbatida, 
davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi. 
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning 
yetakchi bo’g’inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o’z-o’zini 
boshqarish hududiy organlarining funk-tsiyalari va vazifalarini 
moliyaviy ta’minlashga mo’ljal-langan markazlashtirilgan pul 
mablag’lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan 
iboratdir. 
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy 
rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning 
qonunchilik hokimiyat organi 
– parlament tomonidan tasdiqlanadi. 
Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar 
davrida) hukumat davlat 
byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular 
yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini 
qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning bu 
bo’g’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo’lgan qismi qayta 
taqsimlanadi. 
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo’lib, 
ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va 
ayrim davrlarda undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi. Bozor 


iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar 
hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, 
korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq, aktsizlar, qo’shilgan 
qiymat solig’i va bojxona bojlari davlat byudjetiga birik-tirilgan. 
Davlat 
byudjetidan harbiy maqsadlarga mo’ljallangan xarajatlar, 
iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash 
xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va 
rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning 
o’zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat 
maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar 
berish orqali mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo’g’inlariga o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko’pchiligining davlat byudjetlari 
uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo’lib, u davlat 
zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga 
chiqarilishi davlat qarzining o’sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin 
chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) 
barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo’shib hisoblagandagi 
umumiy summasidan iborat. 
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning 
ikkinchi bo’g’inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining 
moliyasi va federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli 
bo’lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat. 
Federatsiya a’zolarining daromadlari to’g’risidagi masala har bir 
mamlakatda o’ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQShda shtatlar 
byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan 
olinadigan soliqlar biriktirilgan bo’lsa, GFRda asosiy to’g’ri 
(bevosita) soliqlar bo’yicha tushumlar – aholidan olinadigan 
daromad solig’i va korporatsiyalardan olinadigan foyda solig’i 
50%:50% nisbatda federal byudjet va erlarning byudjeti o’rtasida 
bo’linadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi 
bo’g’ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va 
ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi kredit 
munosabatlaridan iborat bo’lib, unga ko’ra davlat va boshqaruvning 
mahalliy organlari, asosan, mablag’larni qarzga oluvchilar sifatida 
maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, 
byudjet defitsiti mavjud bo’lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning 
xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi. 
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi 
soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga 


yo’naltiriladigan mablag’larning salmog’i mahalliy byudjetlarda 
davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy 
ravishda defitsitli bo’lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati 
ostida subsidiya va kreditlar yo’li bilan kerakli mablag’larni oladi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim 
bo’g’inlaridan yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli fondlardir. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat-larda eng yirik byudjetdan 
tashqari maxsus fondlarning orasida milliy mug’urta fondlari alohida 
o’rinni egallaydi. Bu fondlar korxona xodimlari va tadbirkor-larning 
sug’urta badallari hamda davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar 
hisobidan tashkil topadi. Milliy sug’urta fondlarining mablag’lari yosh, 
nogironlik va boquvchisini yo’qotgan hollar bo’yicha pensiyalarni 
to’lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgani, homiladorligi, 
ishsizligi va h.k.lar bo’yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda 
mablag’larning asosiy qismi yosh bo’yicha pensiyalarni to’lashga 
yo’naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning 
miqdori ish haqi va to’langan sug’urta badallarining miqdoriga 
nisbatan belgilanadi. 
Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 yil qabul 
qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir 
o’zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya ta’minoti 
tizimi doimiy band bo’lgan yollanma xodimlar va o’z-o’zi bilan band 
bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Temir yo’l tizimida, federal 
xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar 
uchun pe
nsiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi. 
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug’urta 
fondi bo’lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga kiradi. 
Qarilik bo’yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 
62-64 
yoshdan) boshlab to’lanadi. Pensiyani olish uchun minimal 
darajadagi sug’urta stajiga ega bo’lmoq lozim, ya’ni 40 chorak – 10 
yil davomida sug’urta badallarini to’lash kerak. 
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug’urta qilin- 
gan shaxs tomonidan o
lingan ish haqining o’rtacha miqdoriga 
nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni chegirgan 
holda). Pensiyaning o’rtacha miqdori o’rtacha maosh-ning 40% ini, 
past darajadagi daromadga ega bo’lgan shaxslar uchun esa 60% ni 
tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda, 
ana shu narsani rag’batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har 
oyiga 0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining 
darajasiga muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishda 


indensatsiya q
ilinadi. Pensionerning qaramog’idagilar uchun qarilik 
pensiyasining 50% i miqdorida qo’shimcha to’lanadi. 
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, 
oziq-ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasi-gacha miqdori past 
kvartira haqi kabi qo
’shimcha imtiyozlarga ega. 
GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy 
etilgan. Boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham 
pensiyaning miqdori o’rtacha ish haqi va to’langan sug’urta 
badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat pensiya ta’minoti 
tizimi yetakchi rol o’ynaydi. 
Italiyada pensiya islohoti 1995 yilda o’tkazilgan. Unga muvofiq 
o’zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan. 
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo’lsa-da, 
haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70%i 
qonunda ko’zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi. 
Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan 
Ispaniyada -7,5%, Avstriyada - 14,8%, Fransiyada 
– 11,8%, GFRda 
- 10,8%, Buyuk Britaniyada 
– 9,5%ni tashkil etadi. 
Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliyaviy 
tizimning bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy 
Yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan so’ng va 1945- 
1950 yillarda temir yo’l va havo transporti, energetika tarmog’i va 
boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi munosabati bilan 
ancha rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy 
jihatdan o’ta qoloq va raqobatga chidamsiz edi. Ularni 
modernizatsiya qilish va yangilash juda katta miqdordagi 
mablag’larni talab etdiki, bu mablag’lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq 
to’lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modernizatsiya 
qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg’or bo’lishiga qaramasdan, 
moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga 
ishlaydigan bo’lib qolaverishdi. Davlat korxonalari moliyaviy holati 
og’ir-ligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past 
baholar siyosatining yurgizilayotganligidir. 
O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar 
hukmron doiral
arining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga ko’ra 
ko’pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu 
narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin