4-
bob. Moliyaviy boshqaruv
4.1.
Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’ektni rivojlan-tirish va
takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni
anglatadi. Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil
etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir
maqsadlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu esa o’z navbatida
ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu
ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv sub’yektining
boshqaruv ob’yektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv
deyiladi.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur
bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga
qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu
resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni
amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy
boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, boshqa-
riladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’yektlar) tizim-larning
yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy
institutlarning (tashkilotlarning) to’plamidan (majmuidan) iborat
bo’lgan moliyaviy tizimni nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa
pul munosabatlari to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy
tizimn
i o’z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil
tarzda bo’lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’ektlarni boshqarishni
emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil
qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham o’z ichiga oladi.
Moliyaviy
boshqaruvning
ob’yekti
sifatida
moliyaviy
munosabatlarning turli ko’rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy
tuzilishi, mamlakatdagi siyosiy kuchlarning mavqei (nisbati) va qayta
taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar bilan
belgilanadigan o’ziga xos bo’lgan moliyaviy munosabatlar
maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar moliyasida moliyaviy boshqa-ruvning sub’yekti
bo’lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar
hisoblanadi.
Davlatning xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va uy xo’jaliklari bilan
moliyaviy munosabatlar sohasidagi o’zaro munosabatlari soliq tizimi,
kredit munosabatlarini boshqarish (tartibga solish), moliya bozorini
tartibga solish, da
vlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti
tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va
h.k.lar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy
boshqaruvning
maqsadi
makroiqtisodiy
muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kama-yishida,
milliy valyutaning barqarorligi va mustahkam-ligida va, nihoyat,
davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining
yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy
barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand
ravishda uning asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan iborat:
pirovard maqsadga bog’liqlik;
xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvo-zanatliligi;
jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni
hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakl-lari
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
moliyaviy rejalashtirish;
bashoratlash (prognozlashtirish);
dasturlashtirish;
moliyaviy tartibga solish;
moliyaviy nazorat;
moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Eng umumiy ko’rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini 4.1.1-
chizmadagidek tasavvur qilish mumkin.
Prezident;
Parla-ment;
Hukumat;
Moliya
vazirligi;
Davlat soliq
qo’mitasi;
Markaziy
bank;
Hisob
palatasi;
va boshqa-
lar.
Boshqaruv
printsip-
lari;
Moliyaviy
bashorat-
lash;
Moliyaviy
dasturlash;
Moliyaviy
rejalash-
tirish;
Moliyaviy
tartibga
solish;
Moliyaviy
nazorat;
Moliyaviy
qonunchi-
lik;
Moliyaviy
tahlil.
Byudjet
fondlarini
shakl-lantirish
va foyda-
lanish bo’-
yicha muno-
sabatlar;
Byudjetdan
tashqari
davlat
maqsadli
fondlarini
shakllan-tirish
va foydala-
nish bo’yicha
munosabat-
lar;
Sug’urta
fondlarini
shakllan-tirish
va foydanish
bo’yicha mu-
nosabat-
lar.
Makro-
iqtisodiy
muvo-
zanat;
Byudjet
rejala-
rining
profi-
tsitligi;
Davlat
qarzining
mavjud
emasligi;
Mustah-
kam
(barqa-
ror)
milliy
valyuta.
Dostları ilə paylaş: |