T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

5.2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish 
 
Zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim jihatlaridan biri uning 
aralash 
mulkka 
asoslangan 
ekanligidadir. 
Lekin 
jahonning 
rivojlangan birorta davlatida ham davlat mulki yoki xususiy 
mulklardan birortasining mutloq hokimligi uchramaydi. Rivojlangan 
davlatlarda turli mulk shakllarining birgalikdagi harakatlariga 
asoslangan iqtisodiyot o’zining hayotchan ekanligini allaqachon 
isbotladi. 
Lekin tan olish kerakki, iqtisodiy hayotning u yoki bu bosqichida 
davlat yoki bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining ta’siri sezilarli bo’ladi. 
Masalan, bozor iqtisodiyoti qonun
larining harakati ob’yektiv 
xarakterga ega bo’lib, ularni bekor qilish mumkin emas. Xuddi 
shuningdek, bozor institutlari “nomenklatura”sining kengayishi, ular 
o’rtasidagi aloqalarning murakkablashuvi, yangi tizimlar-ning 
(evolyutsiya 
yoki 
taraqqiyot 
qonunlariga 
muvofiq 
ravishda) 
shakllanishini ham rad etib bo’lmaydi. 
Ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri esa quyidagi 
maqsadlar uchun zarur: 

hayotiy 
faoliyatning 
umumiy 
sharoitlarini 
va 
iqtisodiy 
qarorlarning amalga oshirilish asoslarini 
ta’minlash (butun jamiyat 
uchun xavfsiz yashash sharoitini yaratish, mulkka egalik qilish 
huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga 
qaratilgan huquqiy rejimni (tartibni) o’rnatish va qo’llab-quvvatlab 
turish, samarali raqobatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish); 



barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy 
o’sishning sur’atlarini, inflyatsiya va ish bilan ta’minlash darajasini 
tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy 
tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) o’zgarishlarni rag’batlantirishi, tashqi 
iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo’llab- 
quvvatlashi lozim); 

resurslarning ijtimoiy yo’naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga 
oshirish (davlat jamiyatga kerak 
bo’ladigan, lekin u bilan xususiy 
sektor shug’ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil qilishi, ish haqi, 
pensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijti-moiy 
himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylash-tirilgan (fiksatsiya 
qilingan) daromadlarning indeksatsiya-sini amalga oshirishi zarur). 
Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka, ya’ni mamlakat 
milliy boyligining katta qismiga ega. Bu mulk, asosan, moddiy- 
buyumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab 
chiqarish 
va xizmat ko’rsatish korxonalari, muzeylar, qo’riqxonalar, 
davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zaxiralari va h.k.) mavjud 
bo’lib, o’zining mo’ljallanganligiga ko’ra ular davlat boshqaruvi va 
iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni 
“to’lash”ga ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kelajak avlod 
uchun milliy boylik, odatda, “eyilmaydi” va, aksincha, u
ko’paytiriladi. 
Shuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat 
hududlar, aholi, an’analar va h.k.lar kompleksi sifatida emas, balki 
boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning 
markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat moliyasining moddiy 
asosidan iborat ekanligi ma’lum bo’ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy 
makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir- 
birlari bilan qo’shilib ketishi, o’z miqdori bo’yicha turlicha bo’lgan pul 
fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, rezerv, valyuta, sug’urta, byudjet, 
markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va 
ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba - 
mamlakat ichida va xorijda shu yilning o’zida yaratilgan qo’shilgan 
qiymat 
– hisobidan “oziqlanadi”. Bu fondlarni qayta taqsimlashning 
tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi) , ya’ni davlat uning qancha 
qismini o’ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xo’jalik 
takror ishlab chiqarishining nisbatlari (proportsiyalari), ijtimoiy sohani 
ta’minlash, zaruriy rezervlarni yaratish, milliy xavfsizlikni ta’minlash 
imkoniyatlari va h.k.larni belgilab beradi. 
Hozirgi 
paytda 
dunyoning 
sanoati 
taraqqiy 
etgan 
mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi 


YaIMning o’rtacha 30% dan 50% gachasini tashkil etadi. Shunday 
qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning 
potentsial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini 
shakllantirish sharoitlariga ta’sir ko’rsatish zamonaviy davlat moliyasi 
miqdoriy xarakteristikasining o’ziga borib taqaladi. Biroq, 
rivojlanayotgan dunyo, shuningdek, o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan 
mamlakatlar moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi 
xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tegishli raqamlar YaIMga 
nisbatan 11-
17% atrofida tebranadi va aynan shu raqamlarning o’zi 
davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning etarli darajada faol 
emasligidan dalolat beradi
32

Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tendentsiyalari to’g’risida 
gapirilganda, qayd etish kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish 
roli uzluksiz yuqoriga o’sib boruvchi to’g’ri chiziq sifatida namoyon 
bo’lmaydi. Chunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy 
sub’yektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib o’tishi”ning 
o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy chegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. 
Shunga muvofiq ravishda, G’arbning nazariy bilimlari tegishli 
hukumatlar
ni davlat ta’sirini qisqar-tirishning barcha yo’nalishlari 
tomon faol va muvaffa-
qiyatli tarzda yo’naltirmoqda. 
Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tayotgan 
mamlakatlar 
uchun 
esa 
kelajak 
boshqacharoqdir. 
Bu 
mamlakatlarda 
bozor 
tuzilmalari 
va 
institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallel 
ravishda davlatning moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) 
borishi kerak va ularda tegishli iqtisodiy “chegara”ga (kritik nuqtaga) 
etgunga qadar hali ancha bor. 
Turli sotsial-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy 
tartibga solishning rolini) to’liq idrok etish uchun tizimning 
shakllantiruvchi 
asoslarini 
– davlat xarajatlari va davlat 
daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib 
chiqmoq lozim. 
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. 
Chunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy 
mo’ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko’rsatadi. Shunga 
mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi 
32
Xorijning mashhur nazariyotchi olimlaridan biri E.Xansen o’zining 
oxirgi asarlaridan biri bo’lgan “AQShning urushdan so’nggi iqtisodiyoti” 
da shunday deb yozadi: “Ijtimoiy xarajatlari eng past darajada bo’lgan
mamlakatni menga ko’rsatingchi, men sizga turmush darajasi eng past 


bo’lgan mamlakatni aytaman”. Yana u davom etib ta’kidlaydi: “Hatto 
Qo’shma Shtatlarda ham maorif ishiga yo’naltirilgan 100 dollar ishlab 
chiqarish binolari, inshootlari, mashinalar va asbob-uskunalarga sarflangan 
100 dollarga nisbatan yuqoriroq bo’lgan mehnat unumdorligiga olib 
keladi”. (Qarang: Xansen E. Poslevoennaya ekonomika SShA. – M.: 
Progress, 1966. ss.84, 147). 


va hajmi moliyaviy tizim faoliyatining natijalarini o’zida aks ettiradi va 
bu tizim ijtimoiy takror is
hlab chiqarish jarayonida o’zining 
funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo’qmi, degan savolning javobini 
oldinroq aniqlashga imkon beradi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini 
aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo’yicha klassifikatsiya 
qilish mumkin. 
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan 
xizmatlar qarama-
qarshi turadigan bo’lsa, u holda davlat pul 
mablag’lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o’ziga xos tarzda 
transformatsiyalashuvi sodir bo’ladi va shu munosabat bilan bunday 
xarajatlarni transformatsion xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Ularning 
orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 

davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy 
ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar 
uchun to’lovlar, ishlab chiqarishga dotatsiya berish; davlat qarziga 
xizmat ko’rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu yerda 
ko’rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);


davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining 
asosiy 
kapitali 
va 
aylanma 
fondla-
rining o’sgan qismiga 
investitsiyalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet 
kreditlari).

Shunday 
qilib, 
iqtisodiyot 
resurslarining 
cheklan-ganligi 
sharoitida transformatsion xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita o’zgartiradiki, 
bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning 
o’zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pensiya-larni (yosh 
bo’yicha, nogironlik, boquvchisini yo’qotganda, alohida xizmatlari 
uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini 
yo’qotganda, ishsizlik bo’yicha) to’lashga yo’naltirilsa, u holda davlat 
tomonidan mablag
’larni berishning o’ziga xos tarzda berilishi sodir 
bo’lib, u transfert deb ataladi va bunda mablag’lar soliq 
to’lovchilardan shu to’lanmalarni oluvchilarga beriladi va mazkur 
operatsiyada uchrashuvchan xizmatlarning taqdim etilishi sodir 
bo’lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni 
ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar iste’moli berilishi kuzatiladi. 
Bu transfert xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari 
o’rtasida taqsimlanishini o’zgartiradi (korrektirovka qiladi). 
Davlatni
ng xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va transfertlar) 
va kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari) bo’linadiki, bunday 


bo’linish takror ishlab chiqarish parametrlari dinamikasiga 
moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir. Shuningdek, 
davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga 
(joriy qo’yilmalar va investitsiyalar) xizmat qilishi mezoni bo’yicha 
ham klassifikatsiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni 
ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda ularning ulushlarini alohida 
hisobga olishga imkon beradi. 
Davlat 
xarajatlarini 
guruhlarga 
ajratishda 
funktsi-onal 
printsipdan 
foydalanish 
mamlakat 
taraqqiyotining 
ichki 
muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o’zaro 
munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini 
(ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va 
boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning o’zi 
tizimlashtirilgan ko’rinishda yo’nalishlarning ustuvorligini aks 
ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining 
ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning 
ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aholi 
kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, 
kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli 
sharoitlarni yaratadi. Bu esa sotsial munosabatlarning barqarorligini 
qo’llab-quvvatlab, jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga
keskin ta’sir ko’rsatadi va bu ta’sir quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’-matlar 
iste’moli qismiga nisbatan barqaror to’lovga qobiliyatli talabning 
barqarorligini ta’minlaydi;


ijtimoiy-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun 
tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning 
juda ko’p segmentlarida talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga o’z 
ta’sirini ko’rsatadi;


maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’mi-not 
ob’ektlarining kengaytirilishi, uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari 
bilan birga
likda, faqat qurilish materiallariga bo’lgan talabni oshirib 
qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog’liq bo’lgan 
sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni 
yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bo’lgan predmetlar uchun 
talabni oshiradi.

Bundan 
tashqari, 
davlatning 
ijtimoiy-madaniy 
tadbir-lar 
xarajatlari bu o’ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga 
qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish 
xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasin
i qo’llab- 


quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol ko’rinadi. 
Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, 
xususan, sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga subsidiya va 
kredit berishda, infratuzilma ob’ektlarini yaratish va ularni 
takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun qurol-aslahalarni sotib 
olishda, davlat qarzlarini va ular bo’yicha foizlarni qaytarishda ham 
bozor kon’yunkturasini keskin o’zgaradi. Yuqorida bayon etilgan 
xarajatlar hajmining o’zgartirilishi investitsiyalarning o’lchamiga, jami 
talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilma-
siga bevosita o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. 
Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining 
unumli yo’naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bo’lib 
hisoblanishi mumkin. Teskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, 
boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog’ining yuqoriligida, 
shuningdek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining 
katta-
ligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning o’sishiga 
olib keladiki, ular oxir oqibatda, qutulib bo’lmaydigan buzuvchan 
(vayronagarchilik) kuchlarni vujudga keltiradi (jahon amaliyotida 
bunday misollar juda ko’p, masalan, o’tgan asrning 70-80-yillarida 
dunyoning katta qismini qamrab olgan inflyatsiya, 1998 yilning 
avgustida Rossiyada sodir bo’lgan moliyaviy tanazzul, 2008-2010 
yillarda yuz bergan jahon iqtisodiy inqirozi, 2014 yilgi Rossiya 
moliyaviy inqirozi va boshqalar). 
Umumdavlat pul fondi mablag’larining sarf etilishi, shubhasiz, 
davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy 
jihatdan ta’minlaydigan resurslarni to’plashni taqozo etadi. 
Qo’shilgan qiymatni moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki 
bosqichida davlat daromadlari 
– YaIM va MDning bir qismini 
qaytarilmaslik shart
i bilan davlatning ixtiyoriga olish bo’yicha 
iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi. 
Davlat daromadlarining hajmi va tarkibini o’zgarti-rish 
yordamida umumishlab chiqarish ko’rsatkichlarining tartibga solish 
imkoniyatini quyidagi ob’yektiv shart-sharoitlar bilan tushuntirish 
mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslar ega bo’lgan va o’zlarining joriy 
xarajatlari hamda investitsiyalarini to’lash uchun foydalaniladigan 
resurslar bir qismining davlat ixtiyoriga o’tkazilishi yuqoridagi ijtimoiy 
tizim sub’yektlarining daromadlilik darajasini kamaytiradi va jami 
iste’molning tarkibiy tuzilmasini o’zgartiradi. Resurslarning ma’lum 
qismini davlat ixtiyo-riga olish sotsial tabaqalanishning darajasini 
o’zgarti-rishga va ishlab chiqarish samaradorligining quyi yoki
yuqori chegaralarini cheklab turishga imkon beradi. Bu narsaga


birinchidan, aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, shuningdek, 
zararga ishlayotgan yoki past rentabelli korxona-
larga ma’lum bir 
imtiyozlarni taqdim etish orqali erishi-ladi. Ikkinchidan, ustama 
daromadlarning bir qismini qarama-
qarshi yo’nalishda yo’naltirish 
yordamida (masalan, mehnatni rag’batlantirish yoki meros sifatida 
o’tadigan mol-mulk, yoki mahsulotlar bahosi sog’lom faoliyat uchun 
zarur bo’lgan shart-sharoitlardan yuqori bo’lgan daromadlarning 
shakllanishiga olib kelsa) qo’lga kiritish mumkin. 
Umumiy tarzda, daromadlarning davlat ixtiyoriga oli-nishi 
quyidagi holatlarga ta’sir etishi mumkin: 

baholarni shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvo-sita) soliqlar);


ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulkning qiymati-dan, 
iste’mol fondidan olinadigan soliqlar, ijtimoiy xarakterdagi 
byudjetdan tashqari maxsus fondlarga ajrat-malar);


jamg’armalar hajmiga (investitsion imtiyozlar);


bandlik va shaxsiy iste’molga (mehnat haqi fondidan
olinadigan soliqlar, aholi bandlik fondiga ajratmalar va h.k.lar)
33
.

Yuqoridagilardan tashqari, davlat daromadlari ko’ri-nishlari va 
ularni undirish mexanizmlarining xilma-
xilligi davlatga ma’lum bir 
tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabni maqsadli yo’nalishda tartibga 
solish, eng samarali texnologiyalar, import mahsulotlari va h.k.larni 
tanlashga imkoniyat beradi. Ma’lumki, zamonaviy davlatlar-ning 
ko’pchiligida markazlashtirilgan pul oqimlarining katta qismi soliqlar 
yordamida shakllantiriladi. Ular umumiy darajasining global 
pasaytirilishi sof daromadlar, talab, bandlikning oshishiga olib kelsa, 
tadbirkorlik tashabbusini faollashtirsa, ularning oshirilishi esa bozor 
kon’yunkturasini “muzlatish”ning ishonchli vositasidir. 
Soliqlarning har bir konkret turi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni 
tartibga solishning tabaqalashtirilgan yo’na-lishiga ega. Masalan, 
sotsial-
madaniy 
soha 
xo’jalik 
hisobi-dagi 
muassasalarining 
soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga ko’pgina soliq imtiyozlarining 
taqdim etilishi jamiyatning madaniy-
ma’rifiy salohiyatini oshirishga, 
uning axloqiy sog’lig’ining mustahkamlanishiga o’z ta’sirini 
ko’rsatishi mumkin. Aholi daromadlari va mol-mulkini soliqqa 
tortishda ijtimoiy yo’naltirilganlikning kuchayti-rilishi (soliq bazasi va 
soliq stavkalarin
ing ko’p bolali oilalar, nogironlar va faxriylar uchun 
kamaytirilishi), o’zining mohiyati jihatidan shu maqsadlar uchun 
33
Davlat daromadlarining barchasi u yoki bu darajada takror ishlab 
chiqarish sub’yektlarining sotsial-iqtisodiy faoliyatini tartibga solib, 


ijtimoiy munosabatlarning barcha turlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning 
uchun ham ularni iqtisodiy ko’rsatkichlarning ma’lum bir guruhiga ustuvor 
ta’siri yo’nalishi bo’yicha klassifikatsiya qilinishi shartli xarakterga egadir. 


da
vlat xarajatlarining ko’paytirilishini anglatib, jamiyat tuzumi-ning 
ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Korxonalarning taqsimlanmagan foydasi va aktsiya egalariga 
to’lanadigan dividendlarni soliqqa tortishda tabaqalashtirilgan holda 
yondos
hish ularning foydasidagi nisbatni o’zgatiradi. Ularning 
birinchi qismiga tegishli bo’lgan stavkalarning kamaytirilishi va bir 
vaqtning o’zida ikkinchi qismining yuqoriroq stakalarda soliqqa 
tortilishi o’zini o’zi moliyalashtirishning imkoniyatlarini oshiradi, uzoq 
muddatli istiqbolda esa hatto, kompaniya haqiqiy egalari tarkibining 
o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar korporatsiya taqsimlanmagan 
foydasiga nisbatan soliqlar oshirilsa va dividendlarga nisbatan ular 
kamaytirilsa, teskari vaziyat vujudga kelishi mumkin. Mehnatga 
mo’ljallangan xarajatlarning yuqori darajada soliqqa tortilishi ishlab 
chiqarish kapital sig’imining oshirilishini foydali qilib qo’ysa, 
korxona mol-
mulkiga nisbatan soliqlarning o’sishi esa xo’jalik 
yurituvchi sub’yektlar kapi-tal texnikaviy tuzilishining pasayishiga olib 
kelishi mumkin. 
Davlat boji bitimlarning sodir bo’lishidan manfa-atdor bo’lgan u 
yoki bu shaxslar uchun yuridik xizmatlarning mumkinligini tartibga 
solishga imkon beradi. Bojxona bojlari esa milliy va xorijiy ishlab 
chiqaruvchilarning raqobatbardoshligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ular 
oshgan paytda tovarlar qimmatlashadi va tashqi savdo aylanmasi 
qisqaradi. Va aksincha, ularning pasaytirilishi va bekor qilinishi 
tashqi savdoning kengayishiga, baholar o’sishining sekinlashuviga, 
ichki va dunyo bozorlarida raqobatning kuchayishiga olib keladi. 
Davlat foydasiga mablag’larni olish (undirish) va soliq 
to’lovchilar xulq-atvorining motivatsiyasi o’rtasidagi sababiy-oqibat 
aloqalarini 
(bog’liqlikni) 
tahlil 
qila 
turib, 
shartli-doimiy 
(qat’iylashtirilgan) va shartli-o’zgaruvchan soliqlar to’g’risida to’xtalib 
o’tmaslikning sira iloji yo’q. Birinchi guruhga kiruvchi soliqlarning 
(korxo-naning mol-mulkidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi 
mehnat faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslardan olinadigan
qat’iy soliq va boshqalar) iqtisodiy tavsifi tannarxning shartli-doimiy 
xarajatlari bilan bir xildir, ya’ni ularning miqdori ishlab chiqarish va 
sotuvning darajasiga bog’liq emas. Yuridik shaxslar zimmasiga 
yuklangan jami 
soliq yuklamasidagi ularning salmog’i faoliyat 
hajmining o’sishiga proportsional ravishda pasayadi. Bu, bir 
tomondan, zararga ishlayotgan ishlab chiqarishlarning vayron 
bo’lishini tezlatsa, ikkinchi tomondan, hayotchan sektorga 
qo’shimcha erkinlik va afzallik ato etadi, ishbilarmonlik faolligi va 
kapitallarning kam samarali qo’llanilayotgan sohalardan yuqori 


samarali qo’llanilishi mumkin bo’lgan sohalarga oqib o’tishini 
rag’batlantiruvchi omilga aylanadi
34
. Bundan tashqari, qat’iy 
soliqlarning undirilishi konkret ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy 
faoliyatining natijalariga bog’liq bo’lmaganligi uchun davlat byudjeti 
daromadlari ma’lum bir qismining to’ldirilishini kafolatlaydi. 
Shakllangan kapital strukturasiga nisbatan pul mablag’larini 
shartli-
o’zgaruvchan 
tartibda 
umumdavlat 
fondiga 
olinishi 
konservativ bo’lsa-da, biroq bu narsa soliq to’lovchilarning ish faolligi 
bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langandir. Takror ishlab chiqarish 
sub’yektlarining faoliyati qancha samarali bo’lsa, ulardan undirilishi 
lozim bo’lgan shartli-o’zgaruvchan soliqlarning (masalan, foydadan 
olinadigan soliqning miqdori) miqdori shuncha yuqori bo’ladi. Agar 
bu soliqlarni undirish mexanizmi tadbir-korlik tashabbusining deyarli 
bir xil yoki proportsional darajadagi yuklamasini 
ta’minlashga imkon 
bersa (boshqacha so’zlar bilan aytganda, davlat oldida soliq 
to’lovchilar majburiyatlarining nisbiy tengligiga erishilsa), u holda bu 
narsa, shak-shubhasiz, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni va bosimni 
yumshatadi. Shunday qilib, yuqorida bayon qilin-
ganlardan ko’rinib 
turibdiki, davlat daromadlari va davlat xarajatlari moliya mazmunini 
namoyon etuvchilar sifatida iqtisodiyotda va sotsial sohada sodir 
bo’layotgan jarayonlarga juda kuchli ta’sir o’tkazib, ularning 
dinamikasi va yo’nalishini keskin o’zgartirib yuborishi mumkin. 
Shu erning o’zida byudjet yordamida tartibga solish (makro- va 
mikroko’rsatkichlarga faqat markaziy byudjet daromadlari va 
xarajatlarining kompleks siyosatini o’zgartirish orqali) moliyaviy 
tartibga solishning barcha sohasini qamrab ololmaydi. Chunki 
taqsimlash va qayta taqsimlashda moliyaviy tizim har bir fondining 
ta’siri tartibga soluvchi bo’lishi kerak. Xususan, hozirgi paytda 
rivojlangan mamlakatlarda byudjetdan tashqari maxsus fondlar 
birgalikda markaziy byudjetlar 
hajmining 1/3 qismidan ½ 
qismigachasini tashkil etmoqda. Bundan tashqari, bu yerda yana 
ikkita muhim yo’nalishlar ham mavjud. Bular byudjet defitsitining 
tarkibiy tuzilmasini shakllantirish va byudjetlararo munosabatlarni 
tartibga solishdir
35

Demak, takro
r ishlab chiqarish parametrlarini o’zgar-tirish 
maqsadida moliyaviy munosabatlarning barcha aspekt-laridan 
34
Oqimlarning yo’nalishi bozorning ehtiyojlari bilan aniqlanib, 
byurokratik tartibga solishning talab etilmasligi bu erda e’tiborga loyiq 
bo’lgan holatlarning yana biridir. Biroq, shartli-doimiy soliqlarni 
o’rnatishda (belgilashda) tarmoq xususiyatlarining inkor etilishi, xususan, 
rentabellik normasining tabiiy pastligi bilan xarakterlanadigan faoliyat 


turlari va resurs sig’imli ishlab chiqarishlar uchun imtiyozlardan voz 
kechish ijtimoiy qarama-qarshiliklarning kuchayishiga olib keladi. 
35
Moliyaviy tartibga solishning yuqorida bayon etilgan elementlarining 
mazmunini ochib berish maxsus tadqiqot ob’ekti hisoblanadi va ushbu 
paragraf doirasidan chetga chiqadi. 


(yo’nalishlaridan) foydalanish bo’yicha davlat tomonidan tashkil 
qilinadigan faoliyatga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga 
solish deyiladi. U kishilik jamiyatining tabiiy taraqqiyoti natijasida 
dunyoga kelgan hamda 
iqtisodiyot va ijtimoiy soha sog’lom faoliyat 
ko’rsatishining ajralmas qismi (sharti) hisobla-nadi. Moliyaviy 
tartibga solishning sub’yekti davlat tuzilmalari bo’lsa, uning ob’yekti 
ijtimoiy tizim ishti-rokchilarining daromadlari va xarajatlaridir. 
Makro- va mikrodarajada jamiyat ehtiyojlarining maksimal 
qondirilishini 
ta’minlaydigan 
jamg’armalarni 
taqsimlashning 
proportsiyalarini o’rnatish moliyaviy tartibga solish jarayonida hal 
qilinishi kerak bo’lgan asosiy vazifa hisoblanadi. Bu narsa shaxsiy, 
jamoa va ijtimoiy manfaatlar, qadriyatlar va boyliklarning oqilona 
inobatga olinishini ko’zda tutadi va samarali ishlayotgan bozor 
mexanizmi bilan davlatning ta’siri tizimini qo’shish muammolarining 
moliyaviy aspektini (yo’nalishini) aks ettiradi. 
Bozor ho’jaligining moliyaviy regulyatorlariga (tar-tibga 
soluvchilariga) quyidagilar kiradi: 

byudjetga soliqlar va soliq bo’lmagan to’lovlar;


moliyaviy imtiyozlar va sanktsiyalar;


byudjet tashkilotlarining ekspluatatsion xarajatlari;


umumiy va maqsadli subsidiyalar, shu jumladan, davlat 
buyurtmalarini to’lashga mo’ljallanganlari;


byudjetdan tashqari maxsus fondlarning daromadlari va 
xarajatlari;


davlat korxona va tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari.

Moliyaviy 
ta’sir ko’rsatishga tartibga solishning quyi-dagi 
ko’rinishlari (shakllari) xos: 

to’g’ridan-to’g’ri (bevosita);


egri (bilvosita);


aralash.

Moliyaviy 
ta’sir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri (bevo-sita) 
tartibga solish shakli quyidagilar orqali namoyon 
bo’ladi: 

to’g’ri (bevosita) umumdavlat soliqlarini undirish yordamida;


taraqqiyot byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish jarayonida;


byudjet va markazlashtirilgan maxsus fondlarga soliq-lar va 
to’lovlar stavkalarini oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qo’llash yo’li 
bilan;


davlat xarajatlarining 
normativlari miqdorini o’zgartirish orqali;


moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarimalar, penya-larni 
undirish natijasida.



Bularning barchasi, o’z navbatida, takror ishlab chiqarish 
sub’yektlari daromadlarining darajasini va bozor kon’-yunkturasini 
to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) o’zgartiradi. 
Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari o’z ichiga 
quyidagilarni oladi: 

davlat tomonidan egri (bilvosita) soliqqa tortish;


davlat joriy xarajatlarini amalga oshirish.

Moliyaviy ta’sir ko’rsatishning aralash shakllari orasidan 
quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 

mahalliy soliqlar;


byudjetga soliq xarakteriga ega bo’lmagan to’lovlar;


faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish 
va imtiyozli moliyalashtirish;


davlat 
korxonalari 
va 
tashkilotlari 
fondlari 
hamda 
markazlashtirilmagan byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va 
ulardan foydalanish normativlari.

Davlat daromadlari va davlat xarajatlarining konkret turlari, 
ularni jalb (mobilizatsiya) qilish va taqdim etish metodlari
masalaning tashkiliy tomonlari bilan birgalikda moliyaviy tartibga 
solishning usullarini o’zida mujassam etadi. Mablag’larni undirish 
(olish) va moliyalashtirishni taqdim etishning konkret printsiplari 
bunday ta’sirning xarakterini aniqlab beradi. Va, nihoyat, moliyaviy 
qonunchilik va hokimiyatning vakolatli organlari moliyaviy tartibga 
solishni amalga oshirish uchun tashkiliy imkoniyatlarni ta’minlaydi. 
Moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qiymatni taqsimlash 
jarayoniga kirib borib, davlat moliyasi markazlashtirilmagan pul fond- 
larini shakllantirishga ham faol ta’sir ko’rsatadi. Bu narsa, o’z 
navbatida, 
mablag’larning 
individual 
doiraviy 
aylanishini 
ta’minlashga sharoit yaratib beradi. 
Oxir oqibatda moliyaviy tartibga s
olish, davlatning ta’sirini 
ta’minlashning boshqa shakllari (foizning darajasi, bojxona 
bojlarining darajasi, davlat korxona-lari mahsulotining bahosi, 
valyuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy tuzilmasi, ma’muriy- 
qonunchilik fao-liyati va boshqala
rga ta’sir ko’rsatish) bilan birgalikda 
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasida ijobiy o’zgarishlar 
bo’lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amali-yotda bu narsaning sodir 
bo’lishi ancha murakkab bo’lib, u chuqur va har tomonlamali nazariy 
ishlanmalar va murakkab matematik hisob-kitoblarga asoslanishni 
talab qiladi. Bu sohada bunday kompleks tadqiqotlarning mavjud 
emasligi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Bu yerda masala 


o’z-o’zidan hal bo’lib ketishi mutlaqo mumkin emas. Shuningdek, 
“metod” sifatida moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini 
ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. YaIMning hajmi va o’sish 
sur’atlari; davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yo’l qo’yilishi 
mumkin bo’lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” regulyator- 
larning ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy 
barqarorlik va puxta o’ylangan umumiy iqtisodiy strategiyaning (joriy 
va uzoq muddatli) mavjudligi kabilarni, bu o’rinda, ana shunday 
ob’yektiv cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin