T. Malikov O. Olimjonov moliya


Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalari
. 1870-yillarda yangi 
tarixiy maktab paydo 
bo’ldiki, uning boshlanishi nemis olimlarining 
(G.Shmoller, M.Veber, A.Vagner va boshqalar) nomlari bilan bog’liq. 
Davlat moliyasini tadqiq qilish bilan ko’proq A.Vagner shug’ullanib, u 
davlatning yordami bilan kapitalni jamg’arishning o’z echimini taklif 
etdi. Davlat faoliyatining (ma’muriy, ijtimoiy-madaniy va investitsion) 
ko’lamini kengaytirish nuqtai-nazaridan muammoni hal etishga 
yondoshib, u soliqqa tortishning to’qqiz printsipini ishlab chiqdi va 
ularni quyidagi guruhlarga birlashtirdi: 

etarlilik va harakatchanlik; 

kerak bo’ladigan manba va ob’ektni tanlash; 

eng umumiylik va tenglik; 

aniqlik, qulaylik, arzonlik. 
Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur tamoyillarini 
to’ldirdi. Klassik burjua siyosiy iqtisodidan so’ng A.Vagner 
mamlakatda boylik va daromadlarni adolatli taqsimlashga erishish 
uchun davlat moliyadan foydalanishi mumkin, deb hisobladi. 
Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida



X1X asrning o’rtalaridan uning oxirigacha moliya fani marksistik 
ta’limotning ta’siri ostida bo’ldi. Kapitalizm sharoitida moliyaning 
mohiyati, ayrim moliyaviy kategoriyalarning roli va ahamiyati 
K.Marks (1813-1883 yillar) va F.Engels (1820-1895 yillar)
tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat moliyasi masalalariga 
bag’ishlangan maxsus katta ishlar ularda bo’lmasa-da, shunday 
bo’lishiga qaramasdan, kapitalizmning juda ko’p moliyaviy 
muammolari ularning qator asosiy asarlarida, jumladan “Siyosiy 
iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va X1X asrning 
o’rtalaridagi ingliz byudjetlari, 1840-yillardagi pruss va frantsuz 
byudjetlarining tavsifiga bag’ishlangan ko’p sonli maqolalarida o’z 
aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bo’lgan davrdagi 
davlat byudjetlarining sinfiy xarakterini, davlat xarajatlarining 
unumsiz, xalqqa qarshi xarakterini ochib berdi va davlat qarzlarining 
soliqlar bilan bog’langanligini ko’rsatdi. 
Kapitalning dastlabki jamg’arilish usullarini tadqiq qilib, ularning 
safiga birinchi navbatda, moliyaviy metodlar sifatida davlat 
xarajatlari, davlat krediti va soliq tizimini kiritdi. Uning fikricha, aynan 
ana shu metodlar kapital jamg’arilishining yuqori sur’atlarda o’sishini 
ta’minladi, kapitalistik ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi 
uchun moddiy shart-sharoitlarni yaratdi. 
K.Marks va F.Engels eng muhim moliyaviy kategoriya 
hisoblangan soliqlarga jiddiy e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini 
o’rganib, soliqlar barcha mehnatkashlar uchun qo’shimcha 
ekspluatatsiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab 
keldilar. Soliqqa tortishni baholashda K.
Marks to’g’ridan-to’g’ri 
(bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig’iga ustuvorlik 
bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining 
himoyachisi sifatida maydonga chiqdi. Eng og’ir bo’lgan egri 
(bilvosita) soliqlarni u “kekirtakdan oladigan” progressiv soliqlar, deb 
atadi. 
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning asosiy 
masalasi byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi nisbat, ya’ni 
byudjetning qoldig’i (profitsiti yoki defitsiti) masalasidir, deb e’tirof 
etdi. Aynan ana shu qoldiq soliqqa tortishning qisqarishi yoki 
kengayishini aniqlab beradi. 
Biroq moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va protektsionizm) 
ta’siri ostida amalga oshiriladigan kapital jamg’arilishining oshib 
borishi bilan ishchilar sinfining ahvo
li og’irlashib boradi, degan 
K.Marksning g’oyasi hayotda isbotlanmadi. U foyda, foiz, renta va 
ish haqi 
o’rtasidagi nisbatning davlat va uning moliyasi yordamida 


o’zgartilishi imkoniyatini (mumkinligini) inkor etgan edi. U ortiqcha 
ishlab chiqarishning davriy (tsiklik) inqirozlari tahlilida davlatning 
iqtisodiy va shu jumladan, moliyaviy siyosati yordamida ularning 
kuchsizlanishi mumkinligiga ishonmadi. 
X1X asrning oxiri va XX asrning boshlari 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin