Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Odatda, moliyaviy nazorat qanday ikki
yo’nalishda
(aspektda) qaraladi?
Moliyaviy nazorat deb nimaga aytiladi?
Moliyaviy
nazoratning
predmeti
qanday
moliyaviy
ko’rsatkichlardan iborat?
Moliyaviy nazorat qanday sohalarga
bo’linadi?
Nodavlat moliyaviy nazorati nechaga
bo’linadi?
Moliyaviy nazorat o’z ichiga qanday tekshiruvlarni oladi?
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi,
asosan, qanday elementlardan tashkil topadi?
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar
nimalardan iborat?
Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy printsiplari
tarkibiga nimalar kiradi?
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra
uning qanday turlari mavjud?
Moliyaviy nazoratning shakllarini qandayi mezonlar
bo’yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan?
Amalga
oshirilish
reglamenti
bo’yicha
moliyaviy
nazoratning shakllari nimalardan iborat bo’lishi mumkin?
O‘tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari
o’z ichiga nimalarni oladi?
Nazoratning sub’eklari bo’yicha moliyaviy nazoratning
qanday shakllari bo’lishi mumkin?
Nazoratning ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy
nazoratning qanday shakllari mavjud?
Ichki va tashqi moliyaviy nazorat bir-biridan qanday
farqlanadi va ularning qanday umumiy jihatlari bor?
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning
qanday metodlaridan foydalaniladi?
Sub’ekt xo’jalik faoliyatini qamrab olishning to’liqligiga
qarab taftishning qanday turlari bo’lishi mumkin?
Moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining qamralib olinishi
darajasiga ko’ra taftishlar qanday guruhlarga bo’linadi?
Hisob
palatasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq uning
zimmasiga qanday funksiyalarni bajarish yuklatilgan?
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo’yicha qanday asosiy
vazifa va funksiyalar yuklangan?
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorat Bosh
boshqarmasining vazifalari sifatida nimalar belgilangan?
Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid
asosiy vazifalari nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tizimidagi
Bosh nazorat-taftish boshqarmasining vazifalariga nimalar kiradi?
Moliyaviy nazorat nodavlat turlarining tarkibi nimalardan
iborat?
Ichki firmaviy moliyaviy nazoratning xarakterli xususiyatlari
nimalardan tashkil topadi?
Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy
nazorat qanday xususiyatlarga ega?
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Auditorlik xizmatlari yana qanday boshqa xizmatlarni ham
ko’rsatishlari mumkin?
Auditorlik tekshiruvining qanday turlari mavjud?
Har
yili
qanday
sub’yektlar
majburiy
auditorlik
tekshiruvidan o’tkazilishi shart?
Auditning asosiy tamoyili nimadan iborat?