T. Malikov O. Olimjonov moliya


Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari
. Shu 
davrning o’zida iqtisodiyot fanida sotsial-demokratik oqim rivojlanib, 
u K. Marks va F. Engelsning rossiyalik izdoshlari tomonidan amalga 
oshirildi. Barcha sotsial-demokratlar uchun umumiy holat, bu 
moliya
viy hayot voqeliklarini tadqiq etishda yuzaki yondoshish bo’lib, 
nazariy ishlanmalarning hokimiyat uchun siyosiy kurashning bir 
daqiqalik ehtiyojlariga bo’ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Bu 
oqimning yaqqol namoyandasi V.I.Lenin (1870-1924 yillar) edi. 
Oktyabr davlat to’ntarilishiga qadar yozilgan V.I.Lenin 
ishlarining asosiy mazmuni Rossiya moliyaviy siyosatni tanqid 
qilishdan iborat bo’lgan. Maqolalari va chiqishlarida u byudjetning 
daromadlar va xarajatlar tizimini tanqidiy ko’rib chiqqan, egri 
(bilvosita) soliqlarning ijtimoiy tavsifini ochib bergan va Oktyabr 
davlat to’ntarilishi arafasida davlat moliyaviy ahvolining ayanchli 
ekanligini 
ko’rsatgan. 
1917 yilda V.I.Lenin tomonidan bolsheviklar partiyasining 
iqtisodiy platformasi ishlab chiqiladi va 
u RSDRP (b)ning UI s’ezdida 
qabul qilinadi. Unda pul, moliya va kredit masalalariga ko’p e’tibor 
qaratilgan edi. Xususan, bu iqtisodiy platformaga muvofiq bank 
ishining milliylashtirilishi va markazlashtirilishi, sug’urta ishining 
milliylashtirilishi, qog’oz pullarni chiqarishning to’xtatilishi, ichki va 
tashqi qarzlarni to’lashdan voz kechish, mulkka va mulkning 
o’sishiga solinadigan yuqori stavkali soliqni joriy etish, daromad 
solig’ini isloh etish va kapitalistlarning daromadlari ustidan haqiqiy 
nazoratn
i o’rnatish, zebi-ziynat buyumlariga yuqori egri (bilvosita) 


soliqlarni joriy etish orqali soliq tizimini o’zgartirish ko’zda tutilgan 
edi. Amalda ana shu tadbirlarning barchasi, pul muomalasini 
barqarorlashtirish va soliq tizimini isloh qilishdan tashqari, Oktyabr 
davlat to’ntarilishini amalga oshirish jarayonida va undan keyingi 
dastlabki yillarda sodir etildi. 
Keyingi yillarda V.I.Lenin tomonidan amalga oshirilgan 
moliyaviy muammolarning tadqiqi, asosan, davlat oldida vujudga 
kelgan taktik 
vazifalar bilan bog’liq edi. Moliyaviy nazorat, yangi 
moliyaviy 
apparatni 
yaratish, 
davlatning 
moliyaviy 
ahvolini 
mustahkamlash, pul islohotini o’tkazish va keyingi bosqichlarda 
davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirish masalalari u 
tomonidan nisbatan faolroq ravishda ishlab chiqilgan. 
V.I.Lenin va XX asrning boshlaridagi boshqa markschi- 
olimlarning ishlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ular tomonidan 
moliya hamda asosiy moliyaviy kategoriyalarning (soliqlar, byudjet, 
davlat krediti va boshqalar) roli va mazmuni yaxlit tarzda tadqiq 
etilmagan. Bu o’rinda faqat davlatning moliyaviy xo’jaligini 
boshqarish bilan bog’liq bo’lgan bir necha xususiy masalalarning 
o’rganilganligini qayd etib o’tish kerak, xolos. 
Bularning barchasi Oktyabr davlat to’ntarilishining dastlabki 
davrlarida moliyaviy masalalarni o’rganish undan oldingi davrning 
iqtisodchilari (I. Yanjul, I. Ozerov, L. Xodskiy) va ularning izdoshlari 
(Ya. Torgulov, I. Kulisher, F. Menkov) asarlariga asoslanishiga olib 
keldi. Moliya fanining bunday ahvoli 1920-
yillarning o’rtalarigacha 
davom etdi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin