kapitalistik emas, balki feodal davlatlarning mavjud bo’lganligi, undan
keyingi yillarda O‘zbekistonning sobiq SSSR tarkibida bo’lganligi va bu
holatlarning barchasi tegishli masalalarga (shu
jumladan, moliya
sohasidagi nazariyalarning yaratilishiga ham) o’z ta’sirini ko’rsatganligini
xolisona tan olishimiz kerak. Shu sabablarga ko’ra, mazkur darslikda
rossiyalik moliyachilarning fanga qo’shgan hissalari haqida qisqacha
ma’lumot berishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
fani asoslari” deb nomlangan darsligida yaqqol namoyon bo’lgan
edi.
Davlat moliyasini tadqiq qilish
shu davrdagi olimlarning
ishlarida asosiy o’rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda
e’lon qilingan ishlarda xususiy xo’jalik moliyasi to’g’risida masalalar,
hatto biror marta ham, esga olinmagan. Bir vaqtning o’zida, davlat
daromadlariga oid masalalar:
daromadlar tizimi, turli davlatlarda
ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish shakllari va
tartiblari, shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan amalga oshirilgan
nazorat, byudjet
defitsitini qoplash manbalari, davlat kreditining
rivojlanishi kabi masalalar tadqiq qilingan.
Oktyabr davlat to’ntarilishiga qadar moliyachilar tomonidan
o’rganilgan masalalarning boshqa bir yo’nalishi
byudjet va mahalliy
byudjetlar bilan bog’langan. Ularda markaziy byudjet va mahalliy
byudjetlarning tuzilish masalalari va byudjet jarayoniga tegishli
bo’lgan boshqa masalalar ko’rib chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: